Kolumnistlar

Inqiroz

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning aytgan gaplari, O‘zbekiston oliy hokimiyatida sifat jihatidan o‘ta jiddiy inqiroz yaratdi. Ortiqxo‘jayevning aytganlarini qisqa tilga ko‘chirsak, “O‘zbekistonda qo‘rquv manbai bu – davlat hokimiyatidir”, ya’ni, “Davlat terrorchidir” deganini anglatadi.

Kriminal ong

Ortiqxo‘jayev jurnalistlar bilan suhbatda "petux", "geylikka opustit qilish” iboralari sovet davridagi “zona” muhitidagi jinoyatchilarning ongiga hos iboralardir.

Ko‘r hassasini bir necha marta yo‘qotadimi?

21 oktyabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga o‘ttiz yil to‘ldi. Tilimiz maqomga ega bo‘ldi, lekin, ta’bir joiz bo‘lsa, shoh bo‘ldi-yu, taxtga chiqolmadi. Sovet davrida tilimiz maishiy til darajasiga tushib qolgandi.

«Qo‘ylar to‘dasi» kim?

Bayonotda “Insonlar LUKOYLning bebaho qadriyatidir“ deyilgan bo‘lsa-da, ular "aybdor" xodimidan ham, o‘zbek xalqidan ham bir og‘iz kechirim so‘ramadi.

Emlash autizmga sabab bo‘ladimi?

Men ilm-fan kishisi sifatida jahon ilmiy jamoatchiligi tan olgan ilmiy jurnallarda chop etiladigan maqolalarga to‘laqonli ishonaman. Ular bergan xulosalarga haqiqiy ilmiy tadqiqotlar asosida kelinadi. Insoniyatni har qanday falokatdan qutqara oladigan yagona kuch bu ilmdir.

Yovuzlikni davlat amalga oshirganda…

Sof.uz saytida kuch ishlatish tizimi xodimlari o‘zlariga hech qarshilik ko‘rsatmagan o‘spirin yigitni kaltaklagani haqidagi videoni ko‘rib, dahshatga tushdim. Chunki, har qanday davlatning kuchishlatar tizimi xodimlari ana shu davlat nomidan harakat qiladi.

Biz siyosatga saylovlardagina ta’sir o‘tkaza olamiz!

Mening nazarimda, jurnalist qaysidir partiyaning tamsilchisi bo‘lishi kerak emas. Aks holda u o‘z auditoriyasini xolislikdan chalg‘itib qo‘yadi. Qaysidir partiya bilan PR masalasida kelishishi jurnalistikada bor gap. Lekin qaysidir Partiya nomidan gapirishi rostdan men uchun tushunarsiz holdir.

Farg‘onada chegarachilar fuqaroni urib-so‘kishga haqqi bormi?

Bayonotda qonunbuzarlikda ayblangan fuqaro nega kaltaklangani, uni urgan harbiy xizmatchiga qanday chora ko‘rilishi haqida aniq izoh yo‘q. Huquq tizimida "aybsizlik prezumpsiyasi" degan tushuncha bor. Unga ko‘ra hech bir shaxs "ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi".

Oldingi jadidlar hozir hayot bo‘lishganida edi…

Ular milliy va jahon ma’naviy boyliklarni tarqatish ishlari ustida ko‘p ter to‘kishayotgan, yoshlarning texnik bilimlar poydevori qurish uchun turli Yoshlar innovatsion markazlarni joriy qilishgan bo‘lar edi.

Blogerlar — zamonaviy jadidlar(mi?)

Bloger – yangi fenomen emas. Mutafakkirlar – fikr egalari har doim bo‘lgan va bo‘ladi. Bloger – fikrni jamiyatga yetkazishning yangicha usuli, vositasi, tezligi va samaradorligi xolos. Kelajakda yakka shaxslarning hokimiyati va ta’sir qilish salohiyatini, ijtimoiy tarmoqlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Gastarbayter millat

O‘zbekiston davlati shunday darajaga tushib qoldiki, uning “milliy manfaatlari”, “tashqi siyosati” markazida migrantlar, gastarbayterlar asosiy o‘rin tutyapdi. Buni davlatning eng yuqori mulozimlari ham inkor qila olmaydi, senatorlar va deputatlar esa, buni tasdiqlayaptilar, olqishlayaptilar.

Blogerlik – o‘tkinchi trend

O‘zbekistonda ba’zi blogerlarning obro‘si jurnalist va yozuvchilarnikidan ham baland. Jamiyatda ularning alohida sinfi vujudga kelgandek. Bu shunday davom etadimi? Mening fikrim – blogerlik shuhrati uzoqqa cho‘zilmaydi.

Biz qachon baxtli bo‘lamiz?

Inson o‘zini baxtli his qilishi uchun muhim tuyg‘ulardan biri muhabbatdir. Muhabbat deganda keng ma’noda uning turli ko‘rinishlari aytilmoqda, faqat erkak va ayol o‘rtasidagi emas. Masalan ona-bola o‘rtasidagi mehr, qalin do‘stlar orasidagi mehr-oqibat va hokazo.