Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Koreyalik missionerlar nega o‘zbekistonlik migrantlardan darg‘azab bo‘lgan edi?
30.01.2020 16:31,  
1460

Avval xabar qilganimizdek, bugun 30 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida “Diniy e’tiqod erkinligining kafolatlari – ochiq fuqarolik jamiyatining muhim asosi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Suhbatda turli diniy konfessiya vakillari, IIV, TIV, Adliya vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, diplomatik korpus vakillari, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti mutaxassislari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda qatnashgan Sof.uz muxbirining xabar berishicha, spikerlardan biri o‘zbekistonlik yoshlarning yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolayotgani va bu ko‘pincha chet elda sodir bo‘layotgani haqida gapirdi.

Masalan, Janubiy Koreyaga ishlash va o‘qish uchun borgan bir qancha yigitlar xristian missionerlaridan yashash va o‘qish uchun ma’lum miqdorda pul olib turishgan. Albatta, ularning dinini qabul qilish evaziga.

Keyinroq migrantlar qaytadan musulmonchilikni qabul qilishgan va ular bilan aloqani uzishgan. Bu esa, o‘z navbatida missionerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilarni darg‘azab qilib, ish katta janjalga aylangan.

Tavsiya etamiz






Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан