Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Alisher Qodirov Oliy Majlis deputatligiga saylan(ma)dimi? (video)
23.12.2019 16:29,  
3808

"Platforma" telegram kanali O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov Qonunchilik palatasiga o‘tkazilgan saylovlarda yetarlicha ovoz to‘play olmagani sababli deputatlikka saylanolgani haqida xabar tarqatdi. Shu sababli u Jizzax viloyati 36-Paxtakor saylov okrugidan keyingi ovoz berish jarayoniga qolgan, deyiladi xabarda.

Markaziy Saylov Komissiyasining Xalqaro Matbuot Markazida Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi, xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman kengashlariga o‘tgan saylov yakunlari bo‘yicha MSKning matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda respublikamizdagi partiya liderlari ishtirok etdi.

Anjumandan so‘ng Sof.uz muharriri Alisher Qodirovdan 22 dekabrdagi saylovlarda uning nomzodi deputatlikka saylanganini so‘radi.

"Ha, deputat bo‘lib saylandim, kechasi 00:30 dagi ma’lumotlarga ko‘ra, 70 foiz atrofida ovoz olgan edim. Lekin hali to‘liq o‘rganilmadi. Raqiblarga qaraganda farq kattaligi uchun men deputatlikka o‘tdim deya ishonch bilan ayta olaman" dedi Alisher Qodirov.

Tavsiya etamiz






Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан