Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Ofshor haqida ikki og‘iz so‘z
15.05.2016 01:33,  
2687

Gap shundaki, “ofshor” tushunchasini, ko‘pincha, salbiy ohangda qo‘llash bu atamaga noxush tus bergan.

Ammo bu hodisa o‘ta noxush emas. Har qanday biznesmen soliqlardan tortib to kreditgacha imkon qadar kam chiqim qilib, ko‘p foyda olishga intiladi. Shu sababli biznes, xususan, yirik va faol tijorat yuritishda xarajatni kamaytirishning yo‘llaridan biri ofshor paydo bo‘lgan.

Ofshor bu qulay soliq sharoitiga ega davlatda xorijiy fuqaro tomonidan qayddan o‘tgan, ushbu mamlakatda faol ish yuritmaydigan firmadir. Huquqiy nuqtai nazardan bu holatda qonunga qarshi hech narsa yo‘q, shu tufayli dunyoda ofshor zonalar keng yo‘lga qo‘yilgan, taxminiy hisoblarga ko‘ra, yer yuzidagi barcha mablag‘ning o‘n foizga yaqini ofshorda jamlangan.

Tarixga qaytib. Yigirmanchi asrning o‘rtalarida uddaburon firmalardan biri Amerika soliq inspeksiyasiga chap berib, solig‘i kamroq boshqa mamlakatda qayddan o‘tganida “ofshor” so‘zi birinchi bo‘lib dunyo og‘ziga tushdi. Biroq tarixni ko‘zdan kechirsak, barcha yangilik unutilgan eskilik ekanini ko‘ramiz.

Pishiq-puxta yunonlar ofshor nimaligini azaldan yaxshi bilishgan, soliqdan qochib qadimgi Afinani aylanib o‘tishgan, tovarlarini uzoqroqdagi boj to‘lanmaydigan ko‘psonli orollarga olib borishgan. “Ofshor”ning so‘zma-so‘z tarjimasi “qirg‘oq narisida” ma’nosini anglatib, faoliyatni mohiyatan to‘g‘ri aks ettiradi: ofshor mintaqalar, asosan, iqtisodiyotni rivojlantirish uchun tabiiy boyliklari yo‘q, kichik, iliq mamlakatlarda joylashadi. Bunga Qibris, Kayman orollari, Bermud misol bo‘ladi. Xorij kapitalini jalb etishning birdan-bir yo‘li ular uchun ofshor biznesidir.

Bu ish qanday yuritiladi? Dehqonchasiga aytganda, ofshor degani nima? Ba’zi mamlakatlarda xorijliklar ta’sis etgan firmalar atayin soliqqa tutilmaydi.

Bu esa mamlakatga pul oqib kelishi va mahalliy aholini ish bilan ta’minlash imkonini yaratadi. Biznes egalari firmalarini shunday mamlakatlarda qayddan o‘tkazishadi va byudjetga tushuvchi belgilangan kichik to‘lovlarni to‘lab turishadi. Asosiy faoliyatni o‘zining mamlakatida yuritadi. Xalqaro huquqqa binoan kompaniya mustaqil sub’yekt hisoblanib, o‘zi qayddan o‘tgan davlatdagina soliqqa tutilishi mumkinligi uchun bu hol ro‘y beradi.

Afzalligi nimada? Soliqlar yo‘qligidan tashqari ofshorning bir qator foydali taraflari ham mavjuddir: ko‘plab mamlakatlarda buxgalterlik hisobi yuritish talabi kamaytirilgan yoki umuman yuritilmaydi. Qonunlarda maxfiylik ko‘zda tutiladi: yollangan direktorlar va boshqaruvchilar ortida turgan asl sohib kimligini bilishning iloji yo‘q. Ofshor o‘z sarvatini ko‘z-ko‘zlashni istamaganlar uchundir.

Shunday qilib bu jarayon ishtirokchilarining barchasi mamnundir: biznes egasi soliqdan tejaydi, ofshor zona yillik mukofot puli oladi. Ayrim mamlakatlarda bu to‘lov byudjetga yaxshigina kirim bo‘lgani uchun u yerda pul evaziga xorijiy kompaniyalarni qayddan o‘tkazish faqat ma’qullanadi: firma ochishingiz yoki xarid qilishingiz uchun infrastruktura va huquqshunoslarning barchasi xizmatingizga tayyor. Shu boisdan ham boshqa ko‘plab mamlakatlardan ko‘ra ofshor zonada tez va osongina firma ochish mumkin.

Bundan tashqari ofshorlar xalqaro sarmoya bozoriga chiqishni, kreditlar rasmiylashtirishni osonlashtiradi, xalqaro bitimlar tuzishni arzonlashtiradi.

Soliqlardan qochish. Ofshor zonada soliqlardan qochishning sxemalari oddiy, ammo ulardan foydalanish uchun yaxshi shart-sharoit yaratish kerak xolos. Masalan, ofshor kompaniya xodimlari maoshidan daromad solig‘i to‘lamaslik uchun ularni katta mablag‘ga sug‘urtalanadi va ish haqi sug‘urta holatlari yo‘qligiga mukofot puli tariqasida to‘lanadi. Bu ham mablag‘ni iqtisod qilishning o‘ziga xos yo‘lidir. Eng yaxshisi ofshor kompaniyalar zanjirini tizishdir, negaki, bittasi biznesning o‘sayotgan talabiga bas kelolmaydi. Hozirgi paytda 70 foizdan ortiq korxonalar va mulkdorlar ofshor biznesiga ega, ularning soni tobora o‘smoqda.

anhor.uz saytidan olingan maqolani Sh. Islomov o‘zbekchalashtirdi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан