Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sentyabr oyida inflyasiya 1,4% ni tashkil etdi
1.10.2020 10:52,  
77

2020 yilning sentabrida o‘rtacha iste’mol narxlari va tariflari darajasi oy davomida 1,4% ga ko‘tarildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida aytib o‘tildi.

Ma’lum qilinishicha, 2020 yilning yanvar-sentyabr oylari davomida iste’mol bozoridagi narxlar va tariflar o‘rtacha 6,3% ga oshdi.

Yillik davrda (2019 yilning sentyabriga nisbatan) tovarlar va xizmatlar narxlarining o‘rtacha o‘sish sur’ati 11,7% ni tashkil etdi.

Infografika: Davlat statistika qo‘mitasi 

 

Sentyabr oyi davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rtacha 2,2% ga, nooziq-ovqat mahsulotlar 1,0% ga va xizmatlar 0,5% ga qimmatlashdi.

Joriy yilning sentabr oyida kuzatilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari asosiy guruhlaridan tuxum (6,5%) go‘sht, parranda go‘shti va baliq (3,8%) va meva-sabzavot mahsulotlari (3,0%) narxlari sezilarli darajada ko‘tarildi. Yog‘-moy mahsulotlari narxlari oy davomida 2,3% ga, non mahsulotlari 1,2% ga, sut mahsulotlari 1,0% ga, shakar, choy va boshqa mahsulotlar 0,5% ga, spirtli va alkogolsiz ichimliklar 0,4% va 0,2% ga qimmatlashdi. Umumiy ovqatlanish muassasalaridagi narxlar oy davomida 1,3% ga ko‘tarildi.

Tavsiya etamiz






Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан