Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Farg‘ona viloyati hokimi turk insvestorining soqolini olishni buyurdi, kimlar deputat bo‘lishini ochiqladi
30.09.2019 01:09,  
6038

Shuhrat G‘aniyev viloyatdagi ish joylarida namoz o‘qishga sharoit yaratiladigan holatlar aniqlansa, o‘sha korxona rahbariga jinoyat ishi ochilishini ma’lum qildi. U shuningdek, uning oldida kim bo‘lishidan qat’iy nazar ro‘mol o‘rab olgan ayolga ko‘zi tushsa uning ro‘molini o‘sha tuman hokimi og‘ziga tiqib qo‘yish bilan tahdid qildi. Bu haqda Farg‘ona viloyat hokimi o‘tgan haftaning boshida o‘tkazgan selektor yig‘ilishi audiosi asosida BBC xabar qildi.

Hokim hijob madaniyatiga rioya etmayotgan ayollar aniqlanib, 300 nafarining tashqi qiyofasi o‘zgartirilganini hisobot bergan.

Farg‘ona viloyat hokimi viloyatga kelgan mehmonlarning ham soqolini olishni talab qilgan.

Shuningdek, u Marg‘ilonda lozim , yaktak va boshiga do‘ppi kiyib yotgan bemorni kiyimi uchun shifoxonadan chiqarib yuborganini aytib maqtangan.

"Men aytdim, yaxshi qo‘shma korxona ochibsizlar rahmat. Lekin bunaqa soqolni qo‘yib olmanglar. Chet ellik mehmon, lekin bu shu yerda faoliyat yuritib tirikchilik qiladigan bo‘lsa, O‘zbekiston qonunlariga bo‘ysinishga majbur bo‘ladi va soqolini olamiz biz. Turkiya respublikasi fuqarosini. Shunday dedimmi?", deydi u Quva tumani hokimiga.

Quva tumani hokimi viloyat hokimining gapini tasdiqlagan va undan so‘ng o‘zlari yana gaplashib olganini ta’kidlaydi.

"Qaror ijrosi yuzasidan o‘tkazilayotgan tadbirlar davomida 1249 nafar fuqarolarning beo‘xshov soqol qo‘yish holatlari aniqlandi. Qarordan to‘g‘ri xulosa chiqarildi. Qo‘qon, Farg‘ona, Marg‘ilon shaharlarida Farg‘ona, Buvayda tumanlarida beo‘xshov soqol qo‘yish holatlari keng avj olgan", deydi hokim.

Viloyat hokimi xotin-qizlar orasida kiyinish, ro‘mol, hijob madaniyatiga rioya etmayotgan jami 851 nafar xotin qizlar aniqlanganini aytdi.

Shuhrat G‘aniyev yaqinlashib kelayotgan parlament saylovlarida kimlar deputat bo‘lishi mumkinligiga ishora bergan.

"4 kundan keyin saylovlar turibdi. Saylovlarda ham kim deputat bo‘ladi? Mana shu masalalarda o‘zini ko‘rsatgan odamlar deputat bo‘ladi".

Tavsiya etamiz






Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан