Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






1− 5 noyabr kunlari aholini onlayn ro‘yxatga olish o‘tkaziladi
30.10.2021 21:29,  
185

O‘zbekistonda sinov tariqasida 1−5 noyabr kunlari aholini onlayn ro‘yxatga olish o‘tkaziladi. Unda census.stat.uz sayti orqali mamlakatimiz ichida va xorijda yashovchi O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin, deb xabar qildi Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati.

2023 yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 2021 yil 1-25 noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi.

Davlat statistika qo‘mitasi tashabbusi bilan O‘zbekiston aholisini keng ko‘lamli ro‘yxatga olish tadbirlari oldidan joriy yilning 1-5 noyabr kunlari Internet tarmog‘i orqali aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Onlayn tadbirda census.stat.uz havolasi orqali O‘zbekistondagi va xorijdagi barcha fuqarolar ixtiyoriy qatnashishi mumkin.

Hurmatli vatandoshlar! 1-5 noyabr kunlari sinov tariqasida Internet tarmog‘i orqali aholini onlayn ro‘yxatga olish jarayonlariga faol qatnashing!

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан