Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






1 apreldan bog‘cha xodimlarining ham maoshi oshiriladi
10.03.2020 19:14,  
9522

“Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 apreldan boshlab tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari ushbu hududdagi bog‘chalar sonidan kelib chiqib, I, II va III guruhlarga ajratiladi va shu asosda maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi takomillashtiriladi.

Foto: Adliya vazirligi

Qaror bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalari miqdorlari o‘zgardi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 1 may sanasidan O‘zbekistonda bog‘cha puli miqdori ham o‘zgaradi.

Bog‘cha pullari miqdori shahar va tumanlar miqyosiga qarab farq qilishi mumkin. Batafsil ma’lumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan.

Foto: Adliya vazirligi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан