Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






1 avgustdan boshlab, O‘zbekiston telekanallarida xorijiy seriallar o‘rniga faqat milliy seriallar namoyish etish tartibi kuchga kirdi
4.08.2021 22:49,  
425

“Milliy TV” bosh muharriri Sardor Komilovga ko‘ra, hozircha faqat uning rahbarligidagi telekanal ushbu talabga rioya etmoqda.

Kun.uz manbasiga ko‘ra, Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining 2019 yil 25 iyuldagi 124-son bayoni bilan, telekanallarda:

 efir vaqtining asosiy qismini original ko‘rsatuvlar bilan to‘ldirish, milliy badiiy film va seriallarga ustuvorlik berish;

 chet el serialini bir sutkada faqat bir martadan ko‘p bo‘lmagan holda namoyish etish tartibi belgilangan.

Manbaning qayd etishicha, pandemiya davridagi cheklovlar hisobiga milliy film va serialarni yaratishga imkon yo‘qligini inobatga olib, telekanalarga xorijiy filmlarni cheklanmagan miqdorda efirga uzatish uchun vaqtincha ruxsat berilgan.
Bosh vazir Abdulla Aripov raisligidagi komissiyaning 2021 yil 28 yanvardagi yig‘ilishiga oid 135-son bayonda esa quyidagilar ko‘rsatilgan:

2021 yil 1 fevraldan boshlab, barcha telekanallarda xorijiy seriallarni kuniga (bir sutkada) bir marotaba, 50 daqiqagacha namoyish etish;

2021 yil 1 avgustdan boshlab, xorijiy seriallar o‘rniga faqat milliy seriallarni namoyish etish.

Bugun, 4 avgust kuni “Milliy TV” bosh muhariri Sardor Komilov yuqoridagi talablar aksariyat telekanallar tomonidan bajarilmayotganini ma’lum qildi.
Komilovning Instagram’da yozishicha, hozircha faqat “Milliy” telekanali bosh vazir topshirig‘iga amal qilmoqda.

“Vaholanki, joriy yil boshlarida, adashmasam fevralda bosh vazir Abdulla Aripov o‘tkazgan majlisda, o‘zbek seriallarini rivojlantirib, unga urg‘u berish, “Xorij seriallari sotib olinganiga yarasha kuyib qolmanglar, oldinda ancha vaqt bor, 1 avgustgacha tugatishga ulgurasizmi?” deyilganida, hamma telekanallar rahbariyati va rahbarining rahbariyam, aka-yu ukasiyam va hatto nabirasigacha “albatta, albatta” deb va’da bilan chiqib ketishgandi.
Bugun 4 avgust. Bosh vazir va uni topshirig‘i hurmati...” – deya yozgan Sardor Komilov

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан