Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






1 gektar yerga egalik uchun 1,4 million dollar so‘ragan Chilonzor tumani hokimligi xodimi qo‘lga tushdi
28.06.2020 21:19,  
956

Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimligi bo‘lim boshlig‘i tadbirkorga yerga egalik huquqini rasmiylashtirib berish uchun 50 ming dollar pora olayotganida qo‘lga olindi.

Huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbalarning Kun.uz’ga tasdiqlashicha, hokimlik vakili tadbirkorga 1 gektar yerga egalik huquqini rasmiylashtirib berish evaziga 1,4 millon AQSh dollari so‘ragan.

Ma’lum qilinishicha, davlat xizmatchisi 25 iyun kuni DXX tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida ushlangan.

Qayd etilishicha, qo‘lga olingan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi («Pora olish») bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан