Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






1 iyuldan boshlab 200 va 500 so‘mlik qog‘oz pullar muomaladan chiqariladi
17.06.2020 16:27,  
434

Markaziy bank 1 iyul kunidan boshlab 200 va 500 so‘mlik qog‘oz pullar muomaladan chiqarilishini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Markaziy bankning eski namunadagi 50 va 100 so‘mlik tangalari, shuningdek, 50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotlarini ayirboshlash hamda muomaladan qaytarib olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan 1997 yil namunasidagi 200 so‘mlik va 1999 yil namunasidagi 500 so‘mlik banknotlar 1 iyuldan qonuniy to‘lov vositasi sifatida o‘z kuchini yo‘qotadi.

«Eski namunadagi ushbu pul belgilari 1 iyulga qadar barcha tijorat banklari bo‘linmalari, 1 iyuldan keyin esa Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari Hisob-kitob kassa markazlari tomonidan qabul qilinadi va muomaladagi pul belgilariga cheklanmagan miqdorda almashtirib beriladi», — deyiladi xabarda.

Shu munosabat bilan, Markaziy bank fuqarolarda eski namunadagi 200 so‘mlik va 500 so‘mlik banknotlari mavjud bo‘lsa, belgilangan tartibda muomaladagi pul belgilariga almashtirib olish mumkinligini xabarda eslatib o‘tdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан