Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






1 iyuldan semizlikka qarshi kurash boshlanadi
30.06.2021 16:48,  
3994

O‘tgan yil oktyabr oyida imzolangan Prezident farmoniga ko‘ra, 2021 yil 1 iyuldan boshlab semizlikka qarshi kurash boshlanadi.

Bunda:

  • vazirlik, idora, korxona, tashkilot, mahalliy davlat hokimiyati organlarida faoliyat olib borayotgan rahbar va xodimlarning antropometrik ko‘rsatkichlarini (semizlik darajasi, vazn indeksi), boshqa o‘tkir kasalliklarni keskin kamaytirish, salomatlikni mustahkamlash baholash mezonlarini ishlab chiqib, reyting asosida tahlil qilish hamda natijalarni onlayn kuzatib borish tizimi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli hududda:

ommaviy sport bilan shug‘ullanuvchilar sonining oshishiga;

tarkibida tuz, qand va yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan hamda xamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini iste’mol qilishni qisqartirishga;

alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishdan voz kechishiga;

semizlik va bevaqt o‘lim ko‘rsatkichlari kamayishiga qarab ishiga baho berish bo‘yicha reyting tizimi joriy etiladi.

Birinchi rahbarlardan o‘zlarining semizlik darajasi kamaytirish orqali qo‘l ostidagi xodimlariga «Shaxsiy namuna» bo‘lishi talab etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан