Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






1 iyundan boshlab istalgan hududdan «qizil pasport» olish mumkin
28.05.2021 18:29,  
810

Adliya vazirligi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, 1 iyundan e’tiboran mamlakatimiz qonunchiligida qanday o‘zgarishlar bo‘lishi ma’lum qilindi. Xabarga ko‘ra, aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatlaridan foydalanishda bir qator qulayliklar yaratiladi.

Jumladan, fuqarolar qaysi hududda doimiy yashash bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishidan qat’i nazar, O‘zbekistonning istalgan joyida ushbu xizmatlardan foydalana oladi:

  • fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish;
  • ikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
  • xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish.

Shuningdek, 1 iyundan boshlab, bolalar quyidagi dori vositalari bilan bepul ta’minlanadi:

  • 6–23 oylik bolalar uchun uy sharoitida tayyorlangan ovqatlarni boyitish maqsadida mikronutriyent kukuni bilan;
  • 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar “A” vitamini bilan;
  • 2–10 yoshdagi bolalar gelmintoz profilaktikasi bo‘yicha maxsus preparatlar bilan.

Bundan tashqari, pensiya soddalashtirilgan tartibda berilishi ham keltirib o‘tilgan. Unga ko‘ra:

  • 2005 yildan avvalgi yillar uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan hisoblanadi;
  • uch yil va undan avval tayinlangan, qayta hisoblangan pensiya va nafaqalarni tekshirish hamda ular bo‘yicha aniqlangan ortiqcha to‘lovni undirish bekor qilinadi;
  • ishlovchi fuqarolar tomonidan ishlamaydigan turmush o‘rtoqlari kelgusida pensiya ta’minotiga ega bo‘lishlari uchun o‘z daromadlaridan ixtiyoriy ravishda har oyda ijtimoiy soliq to‘lash huquqi beriladi;
  • pensiya va nafaqalar fuqaroning xohishiga ko‘ra ro‘yxatga olingan doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha tayinlanadi va to‘lanadi;
  • pensiya va nafaqalarni naqd pulsiz shaklda olish uchun arizalar fuqarolar tomonidan Pensiya jamg‘armasining tegishli bo‘limiga murojaat qilmagan holda, tijorat banklari filiallarida bank plastik kartalarini ochish jarayonida yoki bank mobil ilovalari orqali elektron shaklda rasmiylashtiriladi;
  • pensiyalarni naqd pulsiz shaklda oluvchi shaxslar tomonidan har 6 oyda Pensiya jamg‘armasining bo‘limiga kelish hamda mas’ul xodimlar tomonidan joylarga chiqqan holda monitoring o‘tkazish majburiyati bekor qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан