Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






1 iyundan pensiya tayinlashda nimalar o‘zgarmoqda?
21.02.2021 17:21,  
711

2005 yildan avvalgi yillar uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida hech qanday tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan hisobga olinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi PF-6155-son Farmoni bo‘yicha pensiya ta’minoti sohasida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi...?!

Pensiya va nafaqalarni tayinlashda fuqarolar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida 2021 yilning 1 iyunidan boshlab, pensiyalarni tayinlashda shaxsning ish haqi va mehnat staji to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron bazasi yuritilmagan davr – 2005 yildan avvalgi yillar uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida hech qanday tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan hisobga olinadi:

O‘zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risi da»gi Qonunning 37-moddasi «a» bandida 2019 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — faoliyat turi, mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan bo‘lsa ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.

Yuqoridagi talablarga asosan ish stajini hisoblash uchun 1991 - 2005 yilgacha bo‘lgan davrlarda sug‘urta badalari to‘laganligi to‘g‘risda arxiv ma’lumotlar so‘ralmoqda. Bu esa fuqarolarning ovoragarchiliklariga sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, turli sabablarga ko‘ra arxiv hujjatlari saqlanmagan bo‘lsa 2005 yilgacha ish haqi va staji to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron hisobi yuritilmaganligi sababli pensiya tayinlashda ushbu davr hisobga olinmasdan qolmoqda.

Natijada 2009 yilda yangi tayinlanganlar pensiya ishlaridan 8 493 nafari (yoki jami yangi tayinlanganlar soniga nisbatan 5%) to‘liqsiz ish staji bilan tayinlangan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 2020 yilda 157 637 nafar (yoki jami yangi tayinlanganlar soniga nisbatan 57%)ni tashkil etmoqda.

Misol uchun: fuqaro mehnat daftarchasiga asosan 1992-2009 yilgacha ish faoliyati yuritilgan bo‘lib, pensiya rasmiylashtirish uchun ish stajini arxiv idorlardan tasdiqlash maqsadida arxiv idoralariga murojaat qilinadi, agarda fuqaro bir nechta tashkilotda yoki ish joylarida ishlagan o‘lsa, so‘rov xatlari boshqa arxiv idoralarga yuboriladi. Mazkur ma’lumotlar topilgunga qadar bir necha oy o‘tishi, bundan tashqari hujjatlar arxiv idoralariga to‘liq topshirilmaganligi yoki umuman topshirmaganligi natijasida ish stajlari tasdiqlanmay qolishi mumkin.

Ma’lumot uchun: 2021 yil 1 iyundan boshlab 2005 yildan avvalgi yillar uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar asosida hech qanday tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan hisoblash faqat yangi tayinlangan pensiya ishlariga tadbiq etilishi nazarda tutilgan.

Mazkur amaliyot Qirg‘iziston va Ozarbayjon davlatlarida yakka tartibdagi hisobotni amaliyotga joriy etilgunga qadar bo‘lgan davrni davlat tomonidan pensiya miqdori yoki ish staji shaklida sovg‘a qilingan.

Ushbu amaliyot joriy etilishi natijasida:

bir yilda o‘rtacha 240-250 ming fuqaroning ish stajini tasdiqlash bilan bog‘liq ovoragarchiliklari bartaraf etiladi;

qo‘shimcha xarajat yillik o‘rtacha 130 mlrd.so‘m (1 iyun oyidan joriy etish hisobiga 2021 yilda 65 mlrd.so‘m)ni tashkil etadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан