Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






1-MDH o‘yinlarida medallarimiz soni 59 taga yetdi
8.09.2021 12:36,  
130

Tatariston poytaxti Qozonda bo‘lib o‘tayotgan 1-MDH o‘yinlaridan bugungi kungacha basketbol(3x3), boks, belbog‘li kurash, kurash, sambo,erkin va yunon-rum kurashi bellashuvlari poyoniga yetganidan xabaringiz bor.

Bugun 8 sentyabr kuni tay-boks, badminton, miltiqdan va stentdan o‘q otish, sport raqsi yo‘nalishlarida medallar uchun bahslar bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekistonlik sportchilar asosiy yo‘nalishlarda medallarga da’vogarlik qilishmoqda. Shuningdek, bugun kun davomida futzal bo‘yicha “A” va “V” guruhlarida saralash musobaqalari bo‘lib o‘tadi. Aytish lozimki, qur’a natijasiga ko‘ra, “A” guruhida Rossiya, O‘zbekiston, Moldova jamoalari o‘rin egallashgan. “V” guruhidan esa Belarus, Ozarbayjon, Qirg‘iziston joy olgan.

Kecha Belarus jamoasi Ozarbayjon futzalchilarini 6:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Rossiya –Moldova o‘yini 16:3 hisobida yakunlandi.

Bugun 8 sentyabr kuni Qirg‘iziston-Belarus va Rossiya- O‘zbekiston o‘yini bo‘lib o‘tadi. Ertaga 9 sentyabr kuni esa Ozarbayjon-Qirg‘iziston, O‘zbekiston-Moldova bahsi o‘tkaziladi.

Hozircha “A” va “V” guruhlarida bittadan o‘yinni o‘z foydalariga hal qilgan rossiyalik va belaruslik yosh futzalchilar peshqadamlik qilishmoqda. Futzal musobaqasining g‘olib va sovrindorlari nomi 11 sentyabrda aniqlanadi.

O‘zAning xabar berishicha, 1-MDH o‘yinlarining bugun 8 sentyabrning birinchi yarmigacha bo‘lgan vaqtda medallar jamg‘arish bo‘yicha Rossiya 105 ta medallar shodasi bilan 1-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, 59 medalga ega bo‘lgan O‘zbekiston yosh sportchilari oltin medallar hisobida 2-o‘rinni egallab turibdi. Vakillarimizdan keyingi o‘rinlarni Ozarbayjon, Qozog‘iston va Belarus vakillari band etishgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан