Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






1 noyabrdan Toshkent metropolitenida jetonlardan foydalanish to‘xtatiladi
9.10.2020 09:56,  
254

Hozirgi kunda Toshkent metropolitenining barcha liniyalaridagi bekatlar yo‘l haqi to‘lovlarini yagona transport kartalari va NFC bank kartalari orqali amalga oshirish imkoniyatini beruvchi statsionar validatorlar bilan jihozlandi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Shu bilan birga poytaxtimizda yo‘lovchilarga xizmat qilayotgan “Toshshahartransxizmat” AJga qarashli 1000 dan ortiq avtobuslarning barchasi elektron kartalar orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi mobil va statsionar validatorlar bilan to‘liq ta’minlandi.

Navbatdagi bosqichda yo‘lovchilarning yagona transport kartalari orqali yo‘l haqi to‘lovlarni amalga oshirish ko‘lamini kengaytirish, avtomatlashtirilgan tizimning to‘laqonli ishlab ketish jarayonini tezlashtirish, shuningdek, jamoat transportida naqd pul muomalasidan voz kechish maqsadida 2020 yil 1 noyabrdan Toshkent metropolitenida jetonlardan foydalanish to‘xtatiladi.  

Eslatib o‘tamiz, yagona transport kartalarining hisobini metro kassalari, oylik yo‘l chiptalarini sotish shahobchalari, infokiosklar, barcha elektron to‘lov tizimlari, shuningdek, ATTO – mobil ilovasi orqali to‘ldirish imkoniyati mavjud.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан