Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






1 oktyabrdan yurtimiz kinoteatrlarida «Ibrat» filmi namoyish etiladi
30.09.2020 10:45,  
1752

Joriy yil 1 oktyabrdan O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan yurtimiz kinoteatrlarida «O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan «Kinomaniya» studiyasi tomonidan suratga olingan «Ibrat» badiiy filmining premerasi bo‘lib o‘tadi. Film shoir, tarjimon, tarixchi va tilshunos olim, jadidchi Is’hoqxon Ibrat haqida bo‘lib, unda olimning mashaqqatga boy hayot yo‘li tasvirlangan.

Filmning katta premerasi 1 oktyabr kuni qayta ta’mirdan chiqqan Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

«Ibrat» filmida professional aktyorlar ansamblini o‘ziga xos rollarda ko‘rish mumkin.

Ibrat Iskandariyadagi sayohatida ikki vatandoshiga yordam beradi. Ulardan biri hatto o‘z yurtini tashlab, Ibratning xizmatiga chog‘lanadi. Bu rol O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, marhum san’atkor Abduraim Abduvahhobovning hayotlik chog‘idagi so‘nggi ijrosi bo‘lib qoldi.

Shu bilan birga, marhum san’atkor, professional dublyaj aktyori O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist G‘aybulla Hojiyevning ham so‘nggi rolini ko‘rishimiz mumkin.

Film rejissyori Jahongir Qosimov, ssenariy mualliflari Nurillo Abbosxon va Abduqayum Yo‘ldoshev, postanovkachi operator Rustam Murodov, postanovkachi rassom Doniyor Abdurahmonov, kompozitor Dmitriy Yanov-Yanovskiy.

Filmda rollarni Farhod Mahmudov, Saidkomil Umarov, Karim Mirhodiyev, Akbarxo‘ja Rasulov, Shahzoda Matchonova, Zulxumor Mo‘minova va boshqalar ijro etishgan.

Reklama huquqi asosida

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан