Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shoir, tarjimon va olim – Ishoqxon Ibrat haqida film premerasi 1 oktyabrda bo‘lib o‘tadi (treyler)
19.09.2020 10:36,  
630

1 oktyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan yurtimiz kinoteatrlarida «O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan «Kinomaniya» studiyasi tomonidan suratga olingan «Ibrat» badiiy filmining premerasi bo‘lib o‘tadi. Film shoir, tarjimon, tarixchi va tilshunos olim, jadidchi Ishoqxon Ibrat haqida bo‘lib, unda olimning mashaqqatga boy hayot yo‘li tasvirlangan.

Film qahramoni o‘ndan ortiq Sharq va G‘arb davlatlarida bo‘lib, ularning tili va madaniyatini mukammal o‘rgangan. Faoliyati davomida Turkistonda dastlabki tovush metodiga asoslangan jadid maktablarining tashkilotchisi va targ‘ibotchisi sifatida katta e’tibor qozondi. U noshir-matbaachi sifatida birinchilardan bo‘lib «Matbaai Ishoqiya»ni tashkil qiladi va kitob nashrini yo‘lga qo‘yadi.

Shuningdek, Ishoqxon Ibrat arab, fors, rus, hind, urdu, ingliz, fransuz tillarini yaxshi bilgan, shu bilan birga, eng qadimiy finikiya, yahudiy, suriya, yunon yozuvlarini chuqur o‘rgangan. Filmda Ishoqxon Ibratning mashaqqatga boy hayot yo‘li tasvirlangan.

Film rejissyori Jahongir Qosimov, ssenariy mualliflari Nurillo Abbosxon va Abduqayum Yo‘ldoshev, postanovkachi operator Rustam Murodov, postanovkachi rassom Doniyor Abdurahmonov, kompozitor Dmitriy Yanov-Yanovskiy. Rollarda: Farhod Mahmudov, Saidkomil Umarov, Karim Mirhodiyev, Akbarxo‘ja Rasulov, Shahzoda Matchonova, Zulxumor Mo‘minova va boshqalar.

 

Reklama huquqi asosida

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан