Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






1 sentyabrga qadar barcha hududlarda tun-u kun ishlaydigan savdo va ko‘ngilochar ko‘chalar tashkil etiladi
12.05.2021 12:44,  
144

2021 yil 1 sentyabrga qadar yirik shaharlarda, viloyat va tuman markazlarida tashabbuskor tadbirkorlik sub’yektlari bilan hamkorlikda savdo va ko‘ngilochar ko‘chalar tashkil etiladi. 

“Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qaroriga ko‘ra, savdo va ko‘ngilochar ko‘chalarda ko‘chma savdo ob’yektlari uchun joylar tadbirkorlik sub’yektlariga elektron onlayn-auksion asosida sotiladi, barcha tadbirkorlik sub’yektlariga jamoat xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda 24 soat mobaynida tun-u kun faoliyat yuritish huquqi beriladi.

Ichki ishlar vazirligi Milliy gvardiya bilan birgalikda bir oy muddatda savdo va xizmat ko‘rsatish ob’yektlarining 24 soat mobaynida tun-u kun faoliyat yuritishiga doir jamoat xavfsizligi bo‘yicha soddalashtirilgan talablarni o‘rnatishni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

2021 yil 1 sentyabrdan boshlab masofaviy (onlayn) ta’limga asoslangan nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida binolarning mavjud bo‘lishi haqida talab bekor qilinadi.

Davlat statistika qo‘mitasi 2021 yil 1 oktyabrga qadar xorijiy va mahalliy ekspertlarni jalb qilgan holda xizmatlar statistikasini yuritishni, jumladan, axborot-kommunikatsiya va dasturlash xizmatlarini hisobga olish metodologiyasini xalqaro standartlar asosida takomillashtiradi, respublika hududlarida xizmatlar sohasining rivojlanish holatini hamda samaradorligini taqqoslash imkonini beruvchi hisobot shakllari va metodologiyalarni ishlab chiqadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан