Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






1 yanvardan 35 ta davlat oliy ta’lim muassasasi to‘lov-kontrakt miqdorini mustaqil belgilaydi
27.12.2021 16:11,  
150

Prezident 24 dekabr kuni «Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekistonda 35 ta OTM moliyaviy mustaqillik asosida faoliyat yuritadi.

Ro‘yxatdan O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent moliya instituti, Toshkent davlat yuridik universiteti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va boshqalar joy olgan.

Foto: Huquqiy axborot.

2023 yil 1 yanvardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga Respublika oliy ta’lim kengashi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda mazkur ro‘yxatga qo‘shimcha davlat OTMlarini kiritish huquqi berilmoqda.

Qarorga ko‘ra, moliyaviy mustaqil davlat OTMlari 2022 yil 1 yanvardan quyidagilar bo‘yicha mustaqil qaror qabul qiladi:

  • kontrakt qiymatini, to‘lash muddatlarini belgilash va uzaytirish;
  • mahalliy va xorijiy professor-o‘qituvchi va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
  • o‘z hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish;
  • xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish;
  • bo‘sh turgan bino va inshootlarda pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash;
  • avtotransport vositalarining yo‘l bosish yillik limiti va ularga xizmat ko‘rsatish talablarini belgilash.

Shuningdek qarorga ko‘ra, ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari uchun davlat OTM xarajatlarini onlayn monitoring qilish imkoniyati yaratilishi ma’lum qilingan.

2022 yil 1 yanvardan boshlab moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTMlarida vasiylik kengashlari tugatiladi.

Ularning o‘rnida tarkibining kamida 70 foizi tegishli vazirlik, idoralar, kadrlar buyurtmachilari, jamoatchilik vakillari va homiylardan iborat bo‘lgan yuridik shaxs maqomisiz OTMlarning Kuzatuv kengashlari tashkil etiladi.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga ularning klinikalarida moddiy-texnik bazani mustahkamlash, shuningdek, kapital va joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun o‘zlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan zarur mablag‘larini sarflashga ruxsat berildi.

Bundan tashqari, hujjat bilan 2022/2023 o‘quv yilidan moliyaviy mustaqil davlat OTMlariga quyidagi vakolatlar berildi:

Akademik mustaqillik sohasida:

  • o‘quv rejalari, dasturlari, malaka talablarini tasdiqlash, ta’lim shaklini belgilash;
  • o‘qish davomiyligi muddatini belgilash;
  • doktorantura kontrakti miqdorini belgilash, o‘z hisobidan grant ajratib doktoranturaga kvotaga qo‘shimcha qabul qilish;
  • doktorant va mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilish tartibini tasdiqlash;
  • magistratura uchun sirtqi, masofaviy va kechki ta’limni joriy etish;
  • akademik mobillikni amalga oshirish;
  • o‘z grifi asosida darsliklar hamda boshqa o‘quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish va nashr etish;
  • ta’lim sifatini ichki nazorat qilish.

Tashkiliy-boshqaruvdagi mustaqillik sohasida:

  • tijorat va notijorat tashkilotlarni tashkil etish;
  • muassasa tuzilmasini tasdiqlash va shtatini belgilash;
  • yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni ochish, amaldagilarini tugatish;
  • ishga qabul qilish, ozod etish va rotatsiyasiga oid tartibni belgilash;
  • masofaviy ta’limni ochish.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан