Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






10-20 yildan buyon Rossiyada qidiruvda bo‘lgan avtomobillar Toshkent viloyatida topildi
17.02.2021 13:16,  
690

Rossiya Federatsiyasida biri 20 yil, ikkinchisi 10 yil mobaynida qidiruvda bo‘lgan transport vositalari Qibray va Toshkent tumanlarida saqlab kelinayotganligi oshkor bo‘ldi. Ish tergovga o‘tkazildi.

Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga Qibray tumanida yashovchi fuqaro G‘.S. ariza bilan murojaat qilgan. U murojaatida o‘ziga tegishli «Vaz-2106» transport vositasini uzoq yillar uyida saqlab kelganligi, ilgari fuqaroligi bo‘lmaganligi sababli fuqaroligi yo‘q shaxslarga beriladigan davlat raqam belgisini olganligini ma’lum qilgan. Hozirda esa O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgani uchun tegishli tartibda transport vositasining qayd etish guvohnomasini almashtirib, boshqa davlat raqam belgisi berishni so‘ragan.

Ushbu transport vositasiga tegishli ma’lumotlar va transport vositasi agregat raqamlarini O‘zbekiston Respublikasi IIVning «Yagona avtomatlashtirilgan hisob tizimi»dan tekshirganida avtomobil 2000 yil 12 mart kuni Rossiya Federatsiyasining Orenburg shahridan olib qochilganligi hamda qidiruvda ekanligi aniqlangan.

Shuningdek, Toshkent tumanida yashovchi fuqaro I.A. sotib olgan «GAZ-330202» rusumli yuk transport vositasini rasmiylashtirish uchun DYHXXga olib kelgan. Ushbu avtomobilning ham agregat raqamlari tekshirilgan. Natijada transport vositasi 2011 yildan beri qidiruvda ekanligi, uni noma’lum shaxslar Rossiya Federatsiyasidan olib qochganliklari ma’lum bo‘lgan.

Hozirgi kunda har ikkala holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar tegishli xulosa qilish uchun tergov organiga topshirilgan, deya xabar berdi IIBB Axborot xizmati.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан