Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Nasaf" Samarqanddagi final o‘yinida 10 kishi bo‘lib "Paxtakor"dan ustun keldi
4.12.2021 18:07,  
140

O‘zbekiston kubogi final bellashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Samarqand shahridagi «Dinamo» stadionida «Paxtakor» va «Nasaf» jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston kubogi finali bo‘lib o‘tdi. Unda qarshiliklar 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi. 

Birinchi taymning 28-daqiqasida Odil Hamrobekov «Paxtakor»ni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan ko‘p o‘tmay, 34-daqiqada Oybek Bozorov raqib futbolchisiga nisbatan ishlatgan qo‘polligi uchun qizil kartochka olib, maydonni erta tark etdi. 

Biroq qarshiliklar ulkan iroda namoyish eta olishdi. 38-daqiqada Bahrom Abdurahimov raqib himoyasidagi bo‘shliqdan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi. 75-daqiqada esa G‘olib G‘aybullayev «ajdarlar»ga g‘alaba keltirgan golni raqib darvozasiga joyladi. 

Shu tariqa, qarshiliklar o‘z tarixida 2-marta O‘zbekiston kubogi chempioniga aylandi. Shuningdek, Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari kelgusi mavsum Osiyo Chempionlar Ligasi pley-off bahsida ishtirok etish imkoniyatini ham qo‘lga kiritishdi.

O‘zbekiston kubogi. Final
4 dekabr, shanba
«Paxtakor» - «Nasaf» 1:2 
Gollar: Hamrobekov 28’ — Abdurahimov 38’, G‘aybullayev 75’

«Paxtakor»: Suyunov, Alijonov, Azmiddinov, Anzur Ismoilov, Sayfiyev, Hamrobekov, Sobirxo‘jayev, Erkinov, Fayzullayev, Hamdamov, Temirov.

«Nasaf»: Ergashev, G‘aybullayev, Saidov, Abdurahimov, Norchayev, Nurulloyev, Mozgovoy, Nasrullayev, Turdialiyev, Bozorov, Eshmurodov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан