Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






10 mingdan ziyod chet elliklar O‘zbekistonda ishlash uchun litsenziya oldi
7.09.2020 10:54,  
146

2019 yilda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun 10 305 nafar chet el fuqarosiga litsenziya berildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.

Shuningdek, ichki ishlar organlari tomonidan 2019 yilda 1 million 615 ming nafar chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ro‘yxatga qo‘yilgan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda O‘zbekistonda 6 million 748 ming chet el fuqarosi kelgan, bu ko‘rsatkichni 2018 yilga solishtirganda 26 foizga ko‘proq.

Chet el fuqarolarining qonun yoki qonunosti hujjatlarini buzishga bo‘lgan statistikasiga ko‘ra, 2018 yilda 7746 nafar chet el fuqarosi O‘zbekistonda bo‘lish qoidasini buzgan bo‘lsa, 2019 yilda esa 7762 nafarni tashkil etdi. 2020 yilning dastlabki 6 oyida bu ko‘rsatkich 1008 nafar bo‘lib, qoida buzilish holatlari sezilarli kamaygan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан