Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Hukumat birdaniga 10 ta oliy ta’lim muassasasi rektorini ishdan oldi
14.02.2020 17:26,  
3887

“Oliy ta’lim muassasalari rektorlarini lavozimlarga tayinlash to‘g‘risida” Hukumat qarori (82-son, 14.02.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, quyidagilar:

Alisher Yusubjanovich Umarov Toshkent davlat pedagogika universitetining rektori etib tayinlandi va boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Shavkat Safarovich Sharipov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

Shavkat Safarovich Sharipov Jizzax davlat pedagogika institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Abdug‘ani Jumanazarovich Xolbekov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

Bahodir Boypo‘latovich Sobirov Navoiy davlat pedagogika institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Baxtiyor Xudayberdiyevich Daniyarov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

Sobitxon Toshpo‘latovich Turg‘unov Namangan davlat universitetining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Muzaffar Xoshimovich Esanov Namangan davlat universitetining rektori vazifasini bajaruvchi lavozimidan ozod qilindi.

Botir Shukurillayevich Usmonov Toshkent kimyo-texnologiya institutining rektori etib tayinlandi va boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Shuhrat Axmadjanovich Mutalov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

Azamat Muxitdinovich Shamsiyev Samarqand davlat tibbiyot institutining rektori lavozimidan ozod qilindi.

Jasur Alimjanovich Rizayev Samarqand davlat tibbiyot institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent davlat stomatologiya institutining rektori lavozimidan ozod qilindi.

Orifjan Shadiyevich Bazarov Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Nazirila Nasimxanovich Maxmudov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

Sharibboy Tulanovich Ergashev Namangan muhandislik-qurilish institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Shukurjon Sharipovich Kenjaboyev ushbu lavozimdan ozod qilindi.

Mamirjon Yusupovich Atadjanov Qo‘qon davlat pedagogika institutining rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Azizjon G‘ulomjonovich Eminov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

Abdullajon Kadirovich Xamrakulov Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filiali ijrochi direktori — Filial direktori o‘rinbosari etib tayinlandi.

Shavkat Mirziyoyev, 2020 yil 31 yanvar kuni "Yaqinda ko‘p rektorlar ishdan olinadi. Mening stolimda turgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu rektorlar bilimi, saviyasi va vatanparvarlik darajasi bilan rektor bo‘lish u yoqda tursin, hatto qorovul bo‘lishga arzimaydi," - degan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан