Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






10 yillik tanaffusdan keyin O‘zbekiston So‘g‘dga gaz yetkazib berishni boshladi
14.10.2020 13:12,  
395

10 yillik tanaffusdan so‘ng Tojikistonning uchinchi eng yirik viloyati So‘g‘dga o‘zbek gazi yetkazib berilishi boshlandi. Bu haqda “Aziya-Plyus” nashri xabar bermoqda.

O‘zbekiston tomoni 1000 kubometr tabiiy gazni $130 dan sotmoqda.

Agentlik bilan suhbatlashgan “SomonSo‘g‘dgaz” YoAJ direktori Abdulhakim Sufiyevning so‘zlariga ko‘ra, So‘g‘d viloyatida 800 kilometrdan, Xo‘jand hududida 400 kilometrdan ortiq gaz quvuri mavjud. Shaharda Sovet davridan qolgan eskirgan quvurlarni tiklash ishlari nihoyasiga yetmoqda.

O‘zbekiston uzoq yillik tanaffusdan keyin 2018 yil aprelda Tojikistonga gaz yetkazib berishni qayta tikladi. 2019 yildan qo‘shni respublikaga 140 mln. kubometr gaz eksporti mamlakatimizga $17,7 mln. keltirgan.

2020 yilning yanvar-avgust oylarida esa Tojikiston 139,5 mln. kubometr gazni O‘zbekistondan sotib olgan.

Oktyabr oyining boshida G‘arbning taniqli The Economist nashrida O‘zbekiston o‘zi ishlab chiqarayotgan tabiiy gazni xorijga eksport qila olmayotgani haqida maqola chop etildi.

Nashr e’lon qilgan maqolada tabiiy gaz eksportida yuzaga kelayotgan asosiy to‘siqlar O‘zbekistonning, jug‘rofiy jihatdan, noqulay mintaqada joylashib qolgani tufayli yuzaga kelayotgani borasida so‘z boradi.

The Economist nashri Rossiya va Xitoy o‘tgan yili xorijga eksport qilingan $2.3 milliardga teng O‘zbekiston gazining 80 foizini xarid qilgani haqida yozgan.

2019 yilgi hisobotlarda O‘zbekiston 13,5 milliard kubometr tabiiy gaz eksport qilgani, shundan 6,8 milliardi Rossiyaga, 5,1 milliardi Xitoyga ketgani xabar qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан