Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






106 millionlik parfyumeriya vositalari manziliga yetib bormadi
27.02.2021 20:21,  
148

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazishdi. Bu haqida IIV internet nashri xabar bermoqda.

Tezkor tadbir davomida, fuqaro X.Sh. boshqaruvidagi “Neksiya-3” rusumli yengil avtotransport vositasi hamda fuqaro M.B. boshqaruvidagi “HYUNDAI PORTER 2” rusumli yuk avtotransport vositasi Baxt shahrida joylashgan bozor avtoturargohiga kelib to‘xtagan vaqtda o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtotransport vositalarida xorijda ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan va sifati kafolatlanmagan umumiy  qiymati 106,8 million so‘mlik 103 ta qog‘oz qutilarga joylashtirilgan 2136 to‘plam parfyumeriya vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda  aniqlangan  holat  yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан