Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






11 yoshli xaker o‘z otasidan 137 ming dollar undirishga urindi
7.02.2021 10:22,  
211

Hindistonlik Rajiv Kumar elektron pochtasiga tahdidli xat kelganida, xakerlar tuzog‘iga tushib qoldim deb qo‘rqib ketdi. Ushbu voqea haqida «SecurityLab» yozmoqda.

Elektron xatni jo‘natgan «xaker» Kumardan 10 mln. rupiy ($137 ming) talab qilgan. Aks holda shaxsiy suratlarini tarqatib yuborish bilan qo‘rqitgan. Keyinroq Kumar «xakerlar» o‘zining pochtasini buzishganini, parolni va akkauntga bog‘langan mobil telefon raqamini o‘zgartirishganini bildi. Kiberjinoyatchilar Kumarni va uning oila a’zolarini tinmay kuzatishayotganini ham yozishgan.

Rajiv Kumar politsiyaga arz qildi. Mutaxassislar xat jo‘natganlarning IP-manzili uniki bilan bir xilligini aniqlashdi. Ya’ni xat Kumarning uyidan yuborilgan.

Kumarning 11 yoshli o‘g‘lini so‘roqqa tutishgach masala hal bo‘ldi. Darhol qilmishini bo‘yniga olgan bolakayning aytishicha, «YouTube»dagi xakingga bag‘ishlangan roliklardan ilhomlanib ko‘nikmasini hayotda sinab ko‘rishga qaror qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан