Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“1100 kishi Mirziyoyevga ovoz bermoqchi emas!”: Surxondaryo aholisi norozi
25.06.2021 21:11,  
2129

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan “1100 kishi Mirziyoyevga ovoz bermoqchi emas!” - Prezident borgan mahalla quvurini kesishga kelgan gazchilarni haydadi” sarlavhali video-xabar yuzasidan “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali rasmiy munosabat bildirdi.

“Sherobod tumanidagi “Bog‘iobod” va “Boyqishloq” mahallalari Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 18 martdagi 26-son hamda tuman hokimining 2015 yil 8 iyundagi 448-son qarorlariga asosan, tabiiy gaz yetib borishi qiyin bo‘lgan hududlari ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, ushbu mahallalar hududidagi xonadonlarga “Sherobodtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan ijara shartnomasi asosida maishiy gaz ballonlar to‘liq ajratilgan hamda suyultirilgan gaz ta’minotiga moslashtirilgan.

Hozirgi vaqtda, ushbu mahallalardagi xonadonlar tuman hokimligi tomonidan tasdiqlangan grafik bo‘yicha tuman gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan muntazam suyultirilgan gaz bilan ta’minlanib kelinmoqda.

Bundan tashqari, tabiiy gaz ta’minoti tanqis hududlar ro‘yxatiga kiritilgan joylardagi qarovsiz hamda foydalanishda bo‘lmagan gaz quvurlarini demontaj qilish orqali, ulardan tabiiy gaz yetkazib berishda muammosi mavjud hududlar ta’minotini yaxshilash uchun maqsadli foydalanish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Ruspublikasi Prezidentining 2019 yil 17-18 oktyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar doirasida 2020 yil 1 dekabrgacha Muzrabot tumani markazidagi 1400 ta aholi xonadonlari, 2 ta umumta’lim maktabi, 3 ta maktabgacha ta’lim muassasasi va tuman markaziy shifoxonasini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida Sherobod tumani “Tallashqon” AGTSdan Muzrabot tumani markazigacha 28 km uzunlikdagi gaz quvurlari tortilgan.

Yuqoridagi keltirilgan barcha holatlar bo‘yicha tegishli hujjat va dalolatnomalar Filial ma’muriyatida mavjud”, deyiladi rasmiy munosabatda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан