Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






12 milliard dollar: Rossiya va Ukraina o‘rtasida “uchinchi gaz urushi”
7.11.2019 10:12,  
771

Rossiya gaz zaxiralariga o‘ta boy mamlakat. Har yili milliarlab kubometr gaz Rossiyadan “Ko‘hna qit’a”ga qarab “oqadi”. Oqim yo‘lida joylashgan mamlakatlar ham “zangori olov”dan o‘z hissasini olishga intiladi.

Vladimir Putin boshchiligidagi Rossiya rasmiylari Ukraina orqali gaz tranzitini davom ettirish uchun "Gazprom" va "Naftogaz Ukraini" o‘zaro sud da’volarini bekor qilishi kerakligini ta’kidlamoqda. Voqealar fonida “Naftogaz” Stokgolm arbitraj sudiga “Gazprom”ga qarshi 12,2 mlrd. $lik da’vo arizasini topshirdi. Yevropada uchinchi “gaz urushi” xavfi tufayli omborlar to‘ldirilmoqda.

O‘zi nima bo‘lgan edi?

2019 yil 31 dekabrda Rossiya gazining Ukraina hududi orqali Yevropaga tranziti to‘g‘risidagi bitim muddati tugaydi. "Gazprom" va "Naftogaz Ukraini" yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olmayaptilar. Rossiya tomoni dastlab “Naftogaz” tomonidan “Gazprom”ga nisbatan ochilgan barcha da’vo arizalari bekor qilinishi talab qilmoqda. Ukrainlar esa qaytanga rus konserniga nisbatan 22 mlrd. $lik da’volar bilan sudga murojaat qildi.

Ziddiyat

2017 yili Stokgolm arbitraj sudi “Naftogaz” foydasiga 2.6 mlrd. $ni undirish to‘g‘risida qaror chiqargan edi, biroq “Gazprom” bu qarorni tan olmadi. Yana 7 mlrd. $ ni Ukraina monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi talab qilmoqda. "Naftogaz"ning yangi da’vosidagi 12 milliard dollarlik da’volar Rossiya tomonining 2018 yil 13 martdan 2019 yil oxirigacha bo‘lgan davr uchun mavjud kontrakt uchun tranzit tarifini qayta ko‘rib chiqish talablaridan kelib chiqqan holda kiritildi.

Bo‘lishi mumkin

Fitch Ratings korporatsiyasi departamenti katta direktori Dmitriy Marinchenkoga ko‘ra, "Naftogaz"ning yangi da’vosi uning savdo pozitsiyasini mustahkamlashga bo‘lgan urinishdir. Ammo ekspertlar ushbu o‘yinlarning muvaffaqiyatli chiqishiga ishonishmayapti va muzokaralarda qat’iyatli pozitsiyani olishni taklif qilmoqdalar. Agar muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa, Ukrainaning o‘zi ham Rossiya gazisiz qolishi mumkin.

Voqealar rivoji

Rossiya gazini Ukraina hududi orqali Yevropaga yetkazib berish to‘g‘risidagi bitim amal qilish muddati tugashiga ikki oy vaqt qoldi. Moskva, Kiyev va Yevrokomissiya uch tomonlama yig‘ilishlarda yangi kelishuvni muhokama qilishmoqda. Shu oyning oxirida kelishuvlarning navbatdagi bosqichi bo‘lishi kutilmoqda.

Agar voqealar shu zaylda rivojlanishda davom etsa, bu hammaga yomon bo‘ladi. Yevropaliklar halitdan yer osti gaz omborlari (underground gas storages)ni to‘ldirib olishmoqda. 11 noyabrgacha ularning 97,87 %i to‘ladi. Moskva uchun Ukraina muqobillari mavjud: Boltiq dengizidan o‘tadigan “Shimoliy oqim -2 ” hamda Qora dengizdan o‘tishi mo‘ljallangan “Turk oqimi” yo‘nalishlaridir. Biroq, “Turk oqimi” to‘la ishga tushgunicha ruslar hech bo‘lmasa bir yil Ukrainaning “qovog‘iga qaraydi”. Ukraina gaz tranzitidan yiliga 3 mlrd. $ daromad ko‘radi. “Gadoyning arazlashi to‘rvasiga ham jiddiy zarar yetkazadi”.

Oxirgi o‘n yilliklarda bo‘lgan “gaz urushlari” Rossiyani ishonchli yetkazib beruvchi sifatida, Ukrainani esa tranzit mamlakat sifatida imidjiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan edi. Yevropada 2006 va 2009 yillardagi gaz bilan bog‘liq voqealarni haligacha unutishmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан