Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






13 iyuldan mahalliy yo‘nalishdagi poyezd va avia qatnovlar ham to‘xtatiladi​
10.07.2020 12:03,  
287

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatov ishtirokida karantin cheklovlari bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarori yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda quyidagilar ma’lum qilindi:

"Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan, 10 iyuldan e’tiboran respublika miqyosida qator cheklov choralari o‘rnatilgan. Jumladan:

- 10 iyul sanasidan avtobuslar harakati vaqtincha to‘xtatiladi;

- 13 iyul, dushanba kunidan mahalliy yo‘nalishlardagi poyezdlar va avia qatnovlar ham to‘xtatiladi;

- Kuchaytirilgan karantin tartibi sharoitida faqatgina Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan parvozlar jadvaliga muvofiq, xorijiy davlatlardagi fuqarolarimizni vatanga olib kelish bo‘yicha repatriatsion reyslar bajariladi;

- Chegara punktlaridan fuqarolarni karantin hududlariga yetkazish uchun avtobus tashuvlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, karantin muddatini o‘tab bo‘lgan fuqarolarni reabilitatsiya uchun shifoxonalarga va yashash manzillariga yetkazishda temiryo‘l va avtobuslardan foydalaniladi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan “sariq” va “yashil” toifaga kiritilgan mamlakatlardan charter reyslari kelib tushgan arizalarga muvofiq tashkil etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан