Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






13 yoshli qizning hayotiga suiqasd qilib, xonadondan taqinchoq va pullarni o‘g‘irlagan bosqinchi ayol qo‘lga olindi
19.11.2020 11:38,  
601

Shifokor shaharning Q.Murtazoyev ko‘chasida yashovchi, 2009 yilda tug‘ilgan, 5-sinf o‘quvchisi, ota-onasi qaramog‘ida bo‘lgan, voyaga yetmagan F.M. bosh sohasidan tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan tergov-tezkor guruhi tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv va tergov harakatlari davomida voyaga yetmagan F.M. o‘z uyida yolg‘iz bo‘lgan vaqtda, u istiqomat qilib kelayotgan ko‘p qavatli uyning 1-qavatidagi go‘zallik salonida ishlovchi, 1985 yilda tug‘ilgan, oilali, 2 nafar farzandning onasi, Buxoro tumani "Tor-Tor" MFYda yashovchi ayol M.Sh. uyda voyaga yetmagan qizning yolg‘izligi va ota-onasining chiqib ketganligi fursatidan foydalangan holda xonadonga kirib, voyaga yetmagan F.M.ning bosh qismiga yonida o‘zi bilan olib kelgan qo‘lbola usulda tayyorlangan temir bolg‘acha bilan urgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, M.Sh. voyaga yetmagan qizning yuziga yostiq bilan bosib bo‘g‘ib, F.M. hushidan ketganidan so‘ng o‘ldi deb o‘ylab, xonadondan 12 xil turdagi ayollar tilla va kumush taqinchoqlari, 100 AQSh dollari va 6 250 000 so‘m naqd pullarni o‘g‘irlab ketgan hamda gumon qilinuvchidan o‘g‘irlangan taqinchoq va pullar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan M.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi (qotillikka suiqasd) 2-qismi “i” bandi va 164-moddasi (bosqinchilik) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda jinoyat sodir qilganlikda gumon qilinuvchi M.Sh. qamoqqa olingan.

Hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан