Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






133 million so‘m miqdoridagi dori vositalari aldov yo‘li bilan o‘zlashtirildi
18.03.2021 14:17,  
68

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yil 15 fevral kuni fuqaro A.Sh. ismli ayol A.Yu.ni ishonchiga kirib, narxi 133 mln so‘mlik dori-darmon mahsulotlarini dorixonalarga tarqatib, sotib berishini aytib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan dorilarini boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан