Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






14 yoshli bola “Damas”ni olib qochmoqchi bo‘ldi
1.12.2021 21:42,  
71

Toshkent shahar. 2021-yil 29-noyabr kuni tungi soat 03:30 larda Uchtepa tumani 13-mavze 8-uy oldida bo‘lgan noma’lum shaxs, 40 yoshli R.O., ga tegishli bo‘lgan “Damas” rusumli avtomashinani qarovsiz hamda kaliti o‘t oldirish joyida qoldirilganligidan foydalanib, haydovchining old eshigini, temir lineyka yordamida ochib, avtoulovni o‘t oldirib, ortga 5 metr haydagan vaqtida ushbu shovqin-surondan uyg‘onib qolgan avtomashina egasi ko‘chaga shoshilib chiqib, avtomashina o‘chib qolganligidan foydalanib, qonunbuzarni ushlab, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xabar bergan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv natijasida, jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan “Damas” rusumli avtomashinani olib qochishga uringan shaxs Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida yashovchi voyaga yetmagan 14 yoshli T.J. ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan T.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан