Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






15 avgustdan boshlab Toshkentdan 3 ta viloyatga aviaqatnovlar boshlanadi
14.08.2020 12:38,  
663

Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 15 avgustdan karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish bo‘yicha qabul qilgan qaroriga asosan mahalliy yo‘nalishlarda aviaqatnovlarni tiklash jarayoni ham bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Xususan, “Uzbekistan airways” aviakompaniyasi tomonidan 15 avgust sanasidan e’tiboran

  • Toshkent – Nukus – Toshkent,
  • Toshkent – Urganch – Toshkent yo‘nalishida haftasiga uch marotabadan,
  • Toshkent – Termiz – Toshkent yo‘nalishida esa haftasiga ikki marotabadan parvozlarni amalga oshirish boshlanadi.
Yo‘lovchilardan poyezdlar va samolyotlar bortiga chiqishda, vokzal va aeroportlar hududida hamda yo‘l davomida sanitariya gigiyena qoidalariga doimiy ravishda qat’iy rioya qilishlari talab qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolarning jamoat joylarida ijtimoiy masofani (2 metr) saqlashi, tibbiy niqobda bo‘lishi kabi karantin cheklovlari 2020 yil 15 avgustdan keyin ham saqlanib qolinadi. Tana harorati 37 S va undan yuqori bo‘lgan yoxud infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan fuqarolarning jamoat joylariga chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан