Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






15 avgustdan keyin karantin choralari yumshatiladimi?
3.08.2020 21:58,  
2455

AOKA zalida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibullo Oqilov muhim savollarga javob qaytardi:

— Oldimizda salkam 2 hafta vaqtimiz bor. Agar ikki hafta davomida xuddi shu dinamika qayd etilsa, ya’ni o‘tgan kunlarda kasallik qayd etilishi 700 dan oshgan bo‘lsa va bugun 513 taga tushgan bo‘lsak, keyingi kunlarda 500, 450 qayd etilib, shu raqamlar atrofida kasallik aniqlansa, albatta, 15 avgustdan keyin karantinni yumshatsa bo‘ladi. Va biz ushbu taklif bilan Respublika maxsus komissiyasiga chiqishimiz mumkin.

— O‘zbekistonda qachon birinchi to‘lqin tugab, ikkinchi to‘lqin boshlanadi?

— Ikkinchi to‘lqin boshlanishi uchun birinchisi tugashi kerak. Birinchi to‘lqin qachon tugaydi, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Qachonki oxirgi bemor klinikadan chiqib ketgandan keyin, birorta kasal qolmaganida birinchi to‘lqin tugagan bo‘ladi.

Muayyan muddatdan keyin yangi bemor aniqlansa, shunda ikkinchi to‘lqin deyiladi. Shuning uchun ikkinchi to‘lqin haqida gapirishga bizga juda erta.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан