Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






​15 avgustdan qaysi viloyatlarga poyezdlar qatnovi boshlanishi ma’lum qilindi
14.08.2020 11:03,  
715

Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 15 avgustdan karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish bo‘yicha qabul qilgan qaroriga asosan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan joriy yil 15 avgustdan boshlab mahalliy yo‘nalishlarda bosqichma-bosqich poyezdlar harakati qayta tiklanadi. 

Jumladan:

Yuqori tezlikda harakatlanuvchi Afrosiyob poyezdlari

Toshkent – Samarqand – Buxoro – Toshkent yo‘nalishida 2 ta,

Toshkent – Samarqand – Qarshi – Toshkent yo‘nalishida 1 ta,

Toshkent – Andijon – Toshkent yo‘nalishida 2 ta yo‘lovchi  poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Yo‘lovchilar chiptalarni temiryo‘l kassalaridan, shuningdek, onlayn tarzda ham xarid qilishlari mumkin. 

Mahalliy aviaqatnovlar va temir yo‘l qatnovini tashkil etishda doimiy ravishda har bir aviaqatnov va temir yo‘l qatnovidan oldin tegishli havo kemasi va temir yo‘l vagonlari (shu jumladan, har bir o‘rindiqni) to‘liq dezinfeksiyadan o‘tkazish hamda havosini zararsizlantirish tizimini joriy etish choralari ko‘riladi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан