Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






15 avgustdan Toshkent metropoliteni yana ish boshlaydi
14.08.2020 18:50,  
240

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq 2020 yil 15 avgustdan boshlab, Toshkent metropoliteni faoliyati qayta yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Soat 6-00 dan e’tiboran, Toshkent metropolitenining «O‘zbekiston», «Chilonzor» va «Yunusobod» liniyalari doimiy ish rejimida faoliyat yuritishni boshlaydi.

Metro vagonlari doimiy ravishda qatnovga chiqishdan oldin va har bir qatnovni yakunlagandan so‘ng to‘liq dezinfeksiyadan o‘tkaziladi.

Sanitariya talablari doirasida yo‘lovchilarning metro stansiyalari va poyezd vagonlari ichida tibbiy niqobda bo‘lishlari talab etiladi, tibbiy niqobsiz yo‘lovchilar metro stansiyalariga kiritilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent metropolitenining «Yunusobod» liniyasida yangi qurib bitkazilgan bekatlarida, shuningdek, halqa metro liniyasining Do‘stlik – Qo‘yliq uchastkasida qatnovlar hozircha amalga oshirilmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан