Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






15 martdan boshlab Tojikiston-O‘zbekiston chegarasi odatdagi ish rejimiga o‘tkaziladi
8.03.2022 18:45,  
94

Joriy yilning 15 martidan boshlab Tojikiston-O‘zbekiston davlat chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari faoliyati odatdagi ish rejimiga o‘tkaziladi, deb xabar qilmoqda «Dunyo» AA muxbiri. 

Yuqumli kasalliklar nazorati faqat COVID-19 infeksiyasiga qarshi to‘liq emlanganlik to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etish asosida, ya’ni Tojikiston hududida koronavirus infeksiyasi bo‘yicha virusologik tekshiruvsiz amalga oshiriladi,

«Xovar» Tojikiston Milliy axborot agentligi tarqatgan xabarda qayd etilishicha, ushbu qaror mamlakatda COVID-19 yuqumli kasalligi tarqalishining oldini olish bo‘yicha Respublika shtabi tomonidan qabul qilingan.

«Bu qaror Tojikiston Respublikasida epidemiologik vaziyatni yumshatish hisobga olingan holda va mamlakatdagi iqtisodiy hududlarning to‘laqonli ishlashini ta’minlash, iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash, qo‘shni davlatlar bilan iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida qabul qilindi», deb yozadi «Xovar».  Ushbu hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash organlari va muassasalari, shuningdek, MDHning boshqa davlatlari tomonidan COVID-19ga qarshi emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar rasman tan olinadi.

Aholi orasida COVID-19 infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida himoya niqoblaridan foydalanish yuzasidan joriy etilgan majburiy tartib ham bekor qilindi.

Qarorga binoan,  to‘ylar, bayramlar va boshqa milliy  marosimlar amaldagi qonunchilikka muvofiq o‘tkazilishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан