Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






15 oktyabrdan karanin choralari yana qattiq kuchaytirilishi rostmi?
15.09.2020 14:33,  
3423

AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda aholidan kelgan murojaat va savollarga javob qaytarildi.

— 15 oktyabrdan karanin choralari yana qattiq kuchaytirilishi rostmi?

➖Avvalo shuni ta’kidlash kerakki respublikamizda hali karantin choralari bekor qilinmagan, balki yumshatilgan.

Ammo fuqarolarning noto‘g‘ri tushunganliklari natijasida aholi orasida  koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni kamaymayotganligi sir emas.

Bir narsani unutmaslik kerak “men, sen, ular” deyilganidek, karantin tadbirlari kuchaytirilishi va yumshatilishi bizning hatti-harakatlarimizga bog‘liq, agar biz karantin va cheklov tadbirlarini mensinmas ekanmiz, profilaktik tadbirlarni unutib qo‘yarkanmiz, mutaxassis shifokorlarning tavsiyalariga rioya etmas ekanmiz, u holda kasallik ko‘payib ketishiga va Respublika Maxsus komissiyasini karantin choralari kuchaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilishga majbur qilamiz.

— Qo‘shni davlatlar bilan chegara qachon ochiladi?

— Bugungi kunda Tashqi ishlar vazirligi, Transport vazirligi  bilan birgalikda barcha turdagi xalqaro qatnovlarni  tiklash bo‘yicha  xorijiy mamlakatlar bilan  muzokaralar olib borilmoqda va qatnovlarni bosqichma-bosqich tiklash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан