Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






1,5 trln so‘mlik QQS qasddan noto‘g‘ri hisobga olingan — DSQ
16.09.2021 21:50,  
273

Davlat soliq qo‘mitasining xabar qilishicha, QQS manfiy summasini g‘ayriqonuniy yo‘llar bilan qo‘lga kiritishga urinish holatlari aniqlanmoqda.

«Masalan, „BSTQ“ MChJ 2020−2021 yillarda 52,1 mln so‘mlik QQSni noto‘g‘ri hisobga olgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu mablag‘lar uchun aniqlashtirilgan qayta hisobot olingan (korxona nomi o‘zgartirilgan)», — deyiladi DSQ xabarida.

Qayd etilishicha, 2021 yilning o‘tgan davri mobaynida, 16 933 ta kontragentda jami 1,6 trln so‘mlik QQSni noto‘g‘ri hisobga olinishi yuzasidan kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilgan.

Natijada, 16 594 ta (97,7%) holatda 1,5 trln so‘mlik QQS noto‘g‘ri hisobga olingani o‘z tasdig‘ini topgan. Shundan, 3872 ta tadbirkorlik sub’yekti tomonidan 160,1 mlrd so‘mlik qayta hisobotlar olingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан