Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






150 yilga hukm etilgan "asr firibgari" vafot etdi
15.04.2021 09:24,  
635

Tarixdagi eng katta piramida sxemalaridan biri tashkilotchisi Bernard Madoff Shimoliy Karolina shtati qamoqxonasida 82 yoshida vafot etdi. Bu haqda Associated Press manbalariga tayanib TASS xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Medoffning o‘limi qamoqxonaning kasalxonasida ro‘y bergan va bu tabiiy sabablardan kelib chiqqan. Qayd etilishicha, o‘tgan yili advokatlar «asr firibgari»ga buyrak kasalligi va boshqa surunkali kasalliklari sabab, uni qamoqdan ozod qilishga harakat qilishgan, ammo firibgarning arizasi rad etilgan.

Madoff 2008 yil dekabrida hibsga olingan. Uch oy o‘tgach, u qariyb yigirma yil davomida investorlar va regulyatorlarni aldaganligini tan oldi. Bernard L. Madoff Investment Securities fondining faoliyati natijasida dunyo bo‘ylab 3 millionga yaqin odam zarar ko‘rdi, ular jami 64,8 milliard dollarni yo‘qotgan.

Madoff piramidasi 19-asrda minglab amerikaliklarni 45 kun ichida investitsiyalarning 50 foiz daromadini ta’minlash mumkinligiga ishontirgan 20-asr boshlarida Italiyada tug‘ilgan Charlz Ponzi nomidagi "Ponzi sxemasi"ga asoslangan firibgarlik firmasi edi. 

Medoff qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq firibgarlikda, pulni legallashtirishda va yolg‘on guvohlikda ayblanib 150 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан