Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






16 fevral voqealari bo‘yicha sudlangan 5 kishi oqlandi
25.07.2021 15:36,  
362

Bugun, 24 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudida 1999 yil 16 fevral voqealariga aloqadorligi yuzasidan sudlangan 5 nafar shaxsga oqlov hukmi e’lon qilindi. Bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyati Zangiota tuman sudining 1999 yil 30 iyundagi hukmiga ko‘ra, Yolqin To‘laganovich Kamolov, Muhammadzohir Nabiyevich Xo‘jayev, Ibrohim Shavkatovich Yunusov, Baxtiyor Nabijanovich Begmatov, Iskandar Tojibayevich Bo‘riyev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 208-moddasi bilan aybli deb topilib, 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum kilish jazosi tayinlangan.

Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 30 apreldagi “9 mayni Xotira va qadrlash kuni deb e’lon qilinishi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi farmoni 2-bandi moddasi tadbiq etilib, tayinlangan jazoni o‘tashdan ozod qilinganlar.

Ta’kidlanishicha, Mazkur ish bo‘yicha Abdurahmonov G‘ulomjon ham sudlangan bo‘lib, ishning unga oid qismi muhokama qilinmadi.

Sudning hukmiga ko‘ra, G‘.Abdurahmonov Toshkent viloyati IIB DANga qarashli Toshkent tumanida joylashgan “G‘isht-ko‘prik” DAN maskanida nozir, militsiya katta serjanti bo‘lib ishlab kelib, O‘zbekiston Respublikasi chegarasidan o‘tayotgan transport vositalari ustidan nazorat o‘rnatishni tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni amalga oshirishdagi mansabdor shaxs bo‘la turib, Yo.Kamolov Toshkent viloyati bo‘yicha bojxona xizmati “G‘isht-ko‘prik” bojxona maskani bosh noziri va 1999 yil 16 fevralda smena boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajarib kelib, I.Yunusov Toshkent viloyati bojxona xizmati “G‘isht-ko‘prik” bojxona maskanining noziri – bojxona xizmati leytenanti) lavozimida ishlab kelib, I.Bo‘riyev Toshkent viloyati bo‘yicha bojxona maskani leytenanti lavozimida ishlab kelib, M.Xo‘jayev Toshkent viloyati bo‘yicha bojxona xizmati “G‘isht-ko‘prik” bojxona maskanining noziri – bojxona xizmati leytenanti lavozimida ishlab kelib, B.Begmatov Toshkent viloyati bo‘yicha bojxona xizmati “G‘isht-ko‘prik” bojxona maskani leytenanti lavozimida ishlab kelib, O‘zbekiston Respublikasi chegarasidan o‘tayotgan shaxs va transport vositalari ustidan bojxona nazoratini o‘rnatishni tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni amalga oshiradigan mansabdor shaxslar bo‘la turib, o‘z xizmat burchlarini to‘liq bajarmasdan kuyidagi jinoyatni qasddan sodir etganlikda aybli deb topilganlar.

Ya’ni 1999 yil 16 fevral kuni soat 10:50 dan soat 12:05 gacha diniy esktrimestik harakatlari a’zolari bo‘lgan Z.Hasanov, X.Rahmonov va N.Yo‘ldoshev va boshqalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat tuzumini Konstitutsiyasiga xilof ravishda o‘zgartirish, terroristik harakatlar orqali qonuniy tarzda saylangan va tayinlagan hokimiyat vakillari va Respublika Prezidenti hayotiga tajovuz qilish orqali hokimiyatni bosib olish maqsadida Toshkent shahrini har xil hududlarida avtomashinalarni va Abdulla Kahhor ko‘chasidagi 22-uyni portlash yo‘li bilan qo‘poruvchilik harakatlarini sodir etishgan. Ushbu sodir etilgan portlashlar natijasida 16 nafar shahar vafot etgan, 123 nafar shaxs tan jarohati olgan, davlat muassasalari, jamoat tashkilotlari va fuqarolar mulklariga juda ko‘p miqdorda moddiy zarar yetkazilgan. Jinoyat sodir etilganlaridan keyin terroristlar mayda guruhlarga bo‘linib, O‘zbekiston Respublikasi chegarasidan, shu jumladan Toshkent viloyatida joylashgan “G‘isht-ko‘prik” DAN va bojxona maskani orqali chiqib ketishgan.

Sudlanuvchi G‘.Abdurahmonov soat 11:50 da DAN to‘sig‘ini yopib, DAN maskani orqali transport ulovlarini hamda jismoniy shaxslarni o‘tkazishni to‘xtatish haqidagi buyruqni olgandan so‘ng, qasddan DAN maskani orqali transport vositalarini hamda jismoniy shaxslarni DAN maskanidan o‘tkazmaslik to‘g‘risidagi buyruqni bajarmagan. Shu tufayli taxminan soat 12:30 larda terroristik harakatlar sodir etgan ishtirokchilar N.Yo‘ldashev, Z.Hasanov va X.Rahmonov hech qanday to‘siqsiz ushbu DAN maskani orqali fuqaro A.Sulaymanovga tegishli “VAZ 2101” davlat raqamli B 54-81 TN avtomashinasida o‘tib ketishgan. Yo.Kamolov, I.Yunusov, M.Xo‘jayev, B.Begmatov va I.Bo‘riyev soat 12:20 da O‘zbekiston Respublikasi chegarasini yopib, bojxona maskani orqali transport ulovlarini hamda jismoniy shaxslarni o‘tkazishni to‘xtatish haqidagi buyruqni bajarmagan. Ya’ni Yo.Kamolov, I.Yunusov, M.Xo‘jayev, B.Begmatov va I.Bo‘riyev bojxona maskani hududini O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketayotgan transport vositalaridan ularni orqaga qaytarish yo‘li bilan bo‘shatishgan va bojxona kirib ketish yo‘lini temir panjara bilan to‘sib, transport vositalarini o‘tkazishni to‘xtatishgan. Ammo buyruqqa binoan jismoniy shaxslarni ham bojxona maskanidan o‘tishini davom ettirgan. Shu tufayli taxminan 12:30 larda ushbu bojxona maskanidan terroristik harakatlarni sodir etgan N.Yo‘ldashev, Z.Hasanov, X.Raxmonov hech qanday to‘siqsiz bojxona maskani orqali o‘tib ketishgan va oxirgi ikkitasi Qozog‘iston Respublikasi hududida g‘oyib bo‘lgan. Natijada davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazilgan.

Sudning hukmiga nisbatan sudlanuvchi Yo.Kamolov, I.Yunusov, M.Xo‘jayev, B.Begmatov va I.Bo‘riyevning himoyachisi advokat N.Quldoshev tomonidan apellyasiya shikoyati berilgan.

Mazkur jinoyat ishi Toshkent viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida raislik qiluvchi sudya S.Ashirmatov, sudlov hay’ati sudyalari D.Izzatov va X.Berdiklichev(ish bo‘yicha ma’ruzachi)dan iborat tarkibda ko‘rib chiqildi. Sudlov hay’ati tomonidan 2021 yil 24 iyul kuni oqlov hukmi chiqarildi.

Sudlov hay’atining oqlov hukmiga ko‘ra, Toshkent viloyati Zangiota tuman sudining 1999 yil 30 iyundagi Yolqin To‘laganovich Kamolov, Muhammadzohir Nabiyevich Xo‘jayev, Ibrohim Shavkatovich Yunusov, Baxtiyor Nabijanovich Begmatov, Iskandar Tojibayevich Bo‘riyevga nisbatan hukmi bekor qilinib, ular O‘zbekiston Respublikasi JKning 208-moddasi bo‘yicha aybsiz deb topildi.

Ish bo‘yicha ularning qilmishlarida jinoyat tarkibi mavjud bo‘lmaganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan reabilitatsiya qilindi va jinoyat ishining ularga oid qismi harakatdan tugatildi.

Eslatib o‘tamiz, 1999 yilning 16 fevral kuni Toshkentda bir qancha qo‘poruvchilik harakati ro‘y bergandi. Toshkent osmonini qora tutun qoplagan o‘sha mudhish kundagi terrorchilik harakatlari faqatgina mamlakatning konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi harakat emas, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovga suiqasd ham edi.

Shu kuni poytaxt Toshkentning turli hududlarida, jumladan Mustaqillik maydoni, Ichki ishlar vazirligi va Milliy bank binolari yonida 6 ta kuchli portlashlar yuz bergan. Ularda 16 nafar kishi qurbon bo‘lgan, 100 dan ortiq odam jarohatlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан