Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






16 yoshga to‘lmagan bitiruvchilarga pasport olishda yengillik beriladi
23.06.2020 15:31,  
193

Davlat komissiyasining 1-sonli bayoniga ko‘ra, 16 yoshga to‘lmagan bitiruvchilarga pasport olishda yengillik beriladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2020/2021 o‘quv yilida maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarining 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilari pasport olish uchun murojaat qilganda, ularga navbatlarsiz, belgilangan tartibda pasport berilishi ta’minlanadi. (abituriyentga 10 kun muddatda pasport berilishi ko‘zda tutilgan).

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun imtihonlarda ishtirok etish istagini bildirgan pasport yoshiga yetmagan fuqarolarga amaldagi tartibga muvofiq, qisqa muddatlarda xorijga chiqish pasporti rasmiylashtirib beriladi.

Davlat personallashtirish markazi tomonidan pasport yoshiga yetmagan fuqarolarga xorijga chiqish pasportlari beriladi va mavjud ma’lumotlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga va Davlat test markaziga taqdim etiladi (abituriyentga 5 kun muddatda fuqarolik pasport olishi ko‘zda tutilgan).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан