Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






17-bemor koronavirus infeksiyasi bilan vafot etdi
6.06.2020 19:56,  
318

Shu yilning 27-may kuni poytaxtlik Sh. avtohalokatga uchrab, tez tibbiy yordam mashinasida bosh miya yopiq jarohati dastlabki tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelinadi.

O‘sha paytda unda tana haroratini yuqoriligi va koronavirus alomatlari ko‘ringanligi  sababli tahlil olinadi. O‘tkazilgan  tekshiruv  natijasida 70 yoshli (erkak) bemorda “Covid-19” infeksiyasi  tasdiqlanadi.

Shundan so‘ng unga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasiga yotqizilgan. 

U avvaldan bosh miya o‘smasi, yurak ishemik va gipertoniya kasalligi, gepatit, pnevmoniya, surunkali yurak, buyrak va jigar yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib kelgan.

Bemorning o‘tgan davolanish vaqti davomida vazirlikning turli soha yo‘nalishlari bo‘yicha bosh mutaxassislarining xalqaro standartlar bo‘yicha bergan  tavsiyalari asosida shifokorlar barcha kerakli tibbiy muolajalarni amalga oshirishgan. Bundan tashqari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mutaxassislari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar ham  o‘tkazilib, doimiy nazoratga olingan. 

Biroq so‘nggi kunlarda bemorda nafas yetishmovchiligini kuchayishi natijasida ahvoli keskin yomonlashgan va sun’iy nafas olish apparatiga olingan. Standartlar asosida ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor miya shishi, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан