Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






18 martning koronavirus bilan bog‘liq eng muhim xabarlari (dayjest)
18.03.2020 22:29,  
1831

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan sutkada dunyo bo‘ylab 11526 kishi koronavirus yuqtirib oldi, 475 kishi vafot etdi. Koronavirusdan vafot etganlar soni jami 7426 kishiga yetdi. Yana 8 ta davlatda koronavirus ilk bor aniqlandi.

COVID-19 dunyoning 159 ta davlatida aniqlandi. Koronavirus Guam va Aruba, Somali, Bagam va Virgin orollari, Benin, Tanzaniya va Liberiyaga ham yetib keldi.

Dunyo bo‘ylab koronavirusni yuqtirganlar soni 200000 dan oshdi.

Yurtimizda

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 18 nafarga yetdi.

Shavkat Mirziyoyev koronavirus masalasida O‘zbekiston xalqiga murojaat qildi.

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston va Turkmaniston prezidenti bilan koronavirus infeksiyasi bo‘yicha suhbatlashdi. 

Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida javob berish uchun O‘zbekistonning chet eldagi elchixonalari va konsullik muassasalari huzurida tuzilgan tezkor shtablar ro‘yxatini ochiqladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya vrachi koronavirus tufayli bir qator cheklovlar joriy etdi.

Qashqadaryolik talabalarni uylariga olib ketish uchun 20 ta avtobus, 4 ta mikroavtobus va 100 ga yaqin yengil avtomobillar Toshkent shahriga yetib keldi. 1700 ga yaqin qashqadaryolik talabalarni uylariga yetkazildi.

Navoiy shahriga qaytishda transport borasida muammoga duch kelayotganlarga Navoiy viloyat transport boshqarmasi tomonidan “Toshkent-Navoiy” yo‘nalishi bo‘yicha tunu kun avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Qo‘yliq bozori yaqinidagi avtoturargohdan Toshkent shahrida tahsil olayotgan talabalarni Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlariga bepul yetkazib qo‘yish uchun yengil avtomobillar tashkil etildi.

Samarqandlik talabalarning uyga ketishlariga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Samarqand viloyat hokimligi hamda viloyat transport boshqarmasi tomonidan 6 avtobus va 70 ga yaqin yengil avtomashinalar jalb etildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi, viloyat yoshlar ittifoqi hamda viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tashabbusi bilan Toshkent shahrida tahsil olayotgan talaba yoshlarni bepul olib kelish Surxondaryodan 1 ta avtobus va 30 ta yengil mashinalar yo‘lga chiqdi.

AQSh O‘zbekistonga koronavirusdan himoya vositalarini topshirdi. USAID taqdim etgan shaxsiy himoya vositalari tarkibiga 10 000 ta qo‘lqop, 10 200 ta niqob, 1400 ta maxsus xalat va 200 ta ko‘zoynak kiradi. Ular butun O‘zbekiston bo‘ylab viloyat markazlari va shaharlarda tarqatiladi.

O‘zbekiston koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida transport aloqalarini to‘xtatgani uchun “Aeroflot“ kompaniyasi maxsus reys bilan 282 nafar rossiyalikni Toshkentdan Moskvaga yetkazdi.

O‘zbekistonning Qohira shahridagi elchixonasi, TIVning Operativ shtabi va Transport hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklari bilan birgalikda, 2020 yil 18 mart kuni Misrda bo‘lgan 177 nafar o‘zbekistonlik yo‘lovchilarni keltirish uchun «Sharm ash-Shayx - Navoiy» charter reysini tashkillashtirdi.

Misrdan qaytgan o‘zbekistonliklar Karmanadagi sog‘lomlashtirish markaziga joylashtirildi.

Joriy yilning 15 mart kuni soat 21:00 da ishga tushgan Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 1003 yagona qisqa raqamli Call-markazga bugun, 18 mart soat 13:00 gacha 69 212 ta qo‘ng‘iroq kelib tushgan. Unda 200 nafardan ortiq professor o‘qituvchilar, shifokorlar 4 smenada uzluksiz fuqarolarning murojaatlariga javob berishmoqda.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida karantin rasman 16—31 martgacha davom etadi. Maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari 18 martdan haq to‘lanadigan mehnat ta’tiliga chiqadi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina Shin ma’lum qildi.

Yaqin-atrofimizda

Qozog‘istonning Nur-Sulton va Almatida karantin rejimi joriy etildi. Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 35 kishiga yetdi. Ularning 17 nafari Almatida, 18 nafari Nur-Sultonda.

Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi raisi Nursulton Nazarboyev koronavirusga qarshi kurashish uchun birinchi prezident jamg‘armasidan $460 ming ajratishni buyurdi.

Qirg‘izistonning Andijon viloyati bilan chegaradosh tumanida Umra safaridan qaytgan 3 kishida koronavirus aniqlandi.

Rossiya Xalq ta’limi vaziri Sergey Kravsev mamlakatdagi maktablarda 23 martdan 12 aprelgacha ta’til berilishini e’lon qildi. 

O‘tgan sutkada Rossiyaning 15 ta regionida koronavirus bilan bog‘liq yangi holat aniqlandi. Rossiyada koronavirus yuqtirib olganlar jami soni 114 kishiga yetdi.

18 martdan koronavirus xavfini oldini olish maqsadida Moskvaning aksar restoranlari mehmonlarga xizmat qilishni to‘xtatib, uyga yetkazib berish rejimiga o‘tdi.

Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti virusologiya kafedrasi mutaxassislari yangi turdagi koronavirusga qarshi vaksinani 3 oy ichida ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. 

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov koronavirus uchun tahlil topshirdi. Shuningdek, prezident tadbirlarida qatnashadigan barcha xodimlar ham test topshirishgan. "Natijalarni 12 soatdan ko‘proq kutishga to‘g‘ri keldi", dedi Peskov.

Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin hukumatning zaxira fondidan koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarni rag‘batlantirish maqsadida 11,8 mlrd rubl (150 mln dollar) ajratish haqida qaror qabul qildi.

Mixail Mishustin harbiylar, talabalar va mahbuslarni shaxsiy himoya vositalarini ishlab chiqarishga jalb qilishni buyurdi.

Dunyoda

Saudiya Arabistonida masjidlarda juma va jamoat namozlarini o‘qish to‘xtatildi. Saudiya bo‘yicha Makka shahridagi Masjidul-Harom va Madinadagi Masjidun-Nabaviygina ochiq qolyapti.

"Katta yigirmatalik" (G20) vakili Saudiya Arabistoni keyingi haftada onlayn rejimda favqulodda sammit o‘tkazishga chaqirdi. Unda G20 vakillari koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish va uning iqtisodiyotga ta’sirini kamaytirish masalalarini muhokama qilishadi.

Turkiyada koronavirus oqibatida 1 kishi vafot etgani rasman tasdiqlandi. Hozirda Turkiya hududida 98 kishi koronavirusni yuqtirib olgan. Bu o‘tgan kungidan 2 barobar ko‘pdir.

Turkiyada karantinga ketayotgan avtobus yo‘lovchilari janjal ko‘tardi.

Turkiya ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus haqida yolg‘on xabar tarqatgan 24 kishini hibsga oldi. Feyk xabar tarqatishda jami 137 kishi ayblanmoqda.

AQShdagi barcha shtatlarda koronavirus aniqlandi. So‘nggi holat G‘arbiy Virjiniya shtatida qayd etildi.

AQShning Nevada shtati, mashhur Las-Vegas shahridagi barcha kazino va ko‘ngilochar maskanlar koronavirus xavfi sababli 30 kunga yopildi.

AQSh Prezidenti Donald Tramp va Moliya vaziri Stiven Mnuchin har bir katta yoshli amerikalikka 1000 dollargacha chek olishni taklif qilmoqda. Bu koronavirus pandemiyasi tufayli iqtisodiyotning qulashiga qarshi turish choralaridan biri sifatida ko‘rilmoqda.

Apple korporatsiyasi koronavirus xavfi sabab AQShdagi barcha do‘konlarini yopmoqda. Qachon ochilishi noma’lumligicha qolmoqda.

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru ikkinchi marta koronavirus uchun test topshirdi. Tahlillar natijasiga ko‘ra, prezidentda koronavirus aniqlanmadi.

Xitoydan Yaponiyaga import hajmi koronavirus sabab  47% ga kamaydi. Xitoy Yaponiyaga asosan avtomobil ehtiyot qismlari eksport qiladi. 

Yaponiya o‘z fuqarolariga koronavirus bilan bog‘liq og‘ir jarayondan chiqib olish uchun 12 000 yendan ($112) bermoqchi. 

Belgiya 18 martdan umumiy karantin rejimiga o‘tdi. 5 aprelga qadar zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslik tavsiya etilmoqda. Belgiyada 1200 kishi koronavirusga chalingan.

Italiya va Belgiyada kalta shim (shortik) sotish taqiqlandi. 

Yevropada koronavirus yuqmagan bironta davlat qolmadi. Koronavirus bo‘yicha so‘nggi holat Chernogoriyada aniqlandi.

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich 65 yoshdan yuqori kishilarning ko‘chaga chiqishini taqiqlab qo‘ydi. Ayni paytda Serbiyada 72 kishi koronavirusni yuqtirgan. 

Kolumbiyada ham favqulodda holat joriy qilindi. 31 maygacha 70 yoshdan oshgan fuqarolarga uydan chiqmaslik cheklovi belgilandi.

Germaniya kansleri Angela Merkel Yevroittifoqning xorijiy fuqarolarga bu hududga 30 kun davomida kirmaslik haqidagi taqiqini ma’qulladi va Germaniya bu cheklovni zudlik bilan amalga oshirishini ta’kidladi.

Germaniyaning eng mashhur BMW korporatsiyasi Yevropa va Janubiy Afrika respublikasidagi zavodlarini 1 oyga yopmoqda.

Italiyada koronavirusga qarshi vaksina hayvonlarda sinab ko‘rilmoqda. Agar bu muvaffaqiyatli kechsa, insonlarda ham sinab ko‘rish rejalashtirilgan.

Italiyaning Venetsiya shahrida karantin sabab ichki kanallarda harakat to‘xtagan. Mahalliy aholi suvning judayam tozarganini va shaffof holatga kirganini, suvda suzayotgan baliqlar ham ko‘rinayotganini yozdi. Shuningdek, Venetsiya suvlarida delfinlar ham paydo bo‘lgan.  

Avstraliya supermarketlarida hojatxona qog‘ozi, sut, go‘sht, guruch, un, tuxum va qo‘lni yuvish vositalarini sotib olishda cheklov o‘rnatildi. 

Koronavirus fonida Brent markadagi neftning bir barreli $28 ga tushib ketdi.

Yevropa bozorida koronavirusga qarshi vaksina kuz boshida paydo bo‘lishi mumkin. Yevropa komissiyasi CureVac GmbH kompaniyasiga vaksina ishlab chiqarish uchun 80 mln yevro ajratgan.

Sport olamida

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) prezidenti Aleksandr Cheferin Yevropa chempionati 2021 yilga ko‘chirilishi munosabati bilan o‘z fikrlarini bayon qildi:
"Bu futbol tarixidagi eng buhronli vaziyatdir"

Xalqaro Xokkey federatsiyasi vitse prezidenti Kalervo Kummolaning ma’lum qilishicha, Shveysariyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati koronavirus sabab bekor qilindi.

Avstriyaning Ishgl tog‘-chang‘i kurorti Yevropada koronavirusning yangi o‘chog‘i bo‘lishi mumkin. Bu yerga kelgan yuzlab yevropaliklar COVID-19 koronavirusini yuqtirib olgan bo‘lishi mumkin, deb yozmoqda Der Spiegel.

Milliy Basketbol assotsiatsiyasi (NBA) yulduzi, «Bruklin Nets» hujumchisi Kevin Dyurantda ham koronavirus aniqlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан