Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






18 milliondan ortiq odam koronavirusga chalindi
3.08.2020 11:10,  
128

Butun dunyo bo‘ylab COVID-19 koronavirusiga oid statistik ma’lumotlarni real vaqt rejimida berib boradigan Jon Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 18 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. Birgina iyul oyida bu ko‘rsatkich 7 millionga yoki avvalgi holatlarning 63% i miqdorida ko‘paydi. Pandemiya boshlangandan beri 687 930 kishi vafot etgan.

Infeksiyalanganlar soni bo‘yicha yetakchilar:

  • AQSh - 4,66 million;
  • Braziliya - 2,7 million;
  • Hindiston - 1,8 million;
  • Rossiya - 849,3 ming;
  • Janubiy Afrika - 511,5 ming. 

Koronavirusdan o‘lim soni bo‘yicha AQSh (154,8 ming), Braziliya (94,1 ming), Meksika (47,7 ming), Buyuk Britaniya (46,3 ming), va Hindiston (38,1 ming) yetakchilik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) yaqinda dunyoda kuniga bir necha marta bu kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha antirekord qayd etdi. Shunga qaramay, tobora ko‘proq davlatlar karantin cheklovlaridan voz kechmoqda.

3 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 25828 nafarni tashkil etmoqda. Shu vaqtga qadar 155 kishining vafot etgani rasman tasdiqlandi. 16 507 nafar bemor davolangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан