Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






18 yoshga to‘lmaganlar bilan jinsiy aloqa qilganlik uchun jinoiy javobgarlik o‘rnatildi
13.02.2021 12:42,  
1319

“O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun qabul qilindi. Qonun bilan 18 yoshga to‘lmaganlar bilan jinsiy aloqa qilish uchun jinoiy javobgarlik o‘rnatildi.

Unga ko‘ra, Jinoyat kodeksiga o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxsning o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligini aybdor bilgan holatda uni moddiy manfaatdor etish orqali u bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish uchun javobgarlik belgilaydigan modda qo‘shiladi.

Bunday xatti-harakatlarni amalga oshirgan shaxslar uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlariga mahkum qilinadi. Shuningdek, ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан