Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






19 sentyabr kuni Toshkent metrosida yurish bepul bo‘ladi
14.09.2019 13:30,  
235

Toshkent 50 ta mamlakatda bo‘lib o‘tayotgan "Yevropa mobil xaftaligi"ga qo‘shildi. Kelgusi xaftada Toshkentda qator tadbirlar, jumladan, "Bepul metro" va "Avtomobilsiz kun" bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

19-sentyabr  
Metroda yurish bepul bo‘lib, har bir bekat va metro yer osti yo‘llarida musiqachilar va aktyorlarning chiqishlari bo‘lib o‘tadi. 

2019 yil 19 cyentyabr kuni Toshkent metrosining barcha stansiyalarida yurish bepul bo‘ladi. 

Toshkent metrosining umumiy uzunligi 37 kmdan ko‘proq, 29 ta stansiyali yer osti tizimi go‘zalligi noyob va unikaldir. Metrodan kuniga 200 ming kishi foydalanmoqda. Toshkent metrosida yo‘lovchi oqimi dunyoning boshqa poytaxtlariga nisbatan juda past.

Metrodan foydalanishni ommalashtirish uchun 19 sentyabr kuni metroda sayohat bepul bo‘ladi. Shu kuni stansiyalardagi o‘tishlar musiqachilar, aktyorlar va boshqa ko‘ngilochar dasturlarning sahnasiga aylanadi. Aksiya tashkilotchilari poytaxt aholisi shu kuni o‘z mashinalarini qoldirib, ishxonalariga metroda borishga qaror qilib ushbu transport turining tejamkorligi va tezligini yuqori baholashadi deb umid qilishmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан