Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2 fevraldan o‘zbekistonliklar Shengen vizasi uchun €20 ko‘proq to‘lashadi
27.01.2020 19:28,  
531

Shengen viza berishning yangi kodeksiga binoan 2020 yil fevral oyining birinchi dushanbasidan Shengen viza berish tartibi o‘zgaradi. Vizaga to‘lov narxlari 33,33 %ga qimmatlashadi.

2020 yilning 2 fevralidan boshlab O‘zbekiston fuqarolari Shengen viza olish uchun avvalgidek €60 emas, €80 to‘lashadi. O‘z navbatida bolalar uchun Shengen viza narxlari €35 o‘rniga 40 yevrodan bo‘ladi.

Shuningdek, yangi qonun vizani safarga chiqishdan 6 oy oldin olish imkonini beradi (hozir bu tartib 3 oy).

Besh yilgacha amal qiladigan ko‘p martalik vizalar Shengen hududiga tez-tez tashrif buyuradigan va ijobiy viza tarixiga ega bo‘lgan sayohatchilarga beriladi.

Shengen vizasi - vakolatli organlar tomonidan Shengen hududiga tashrif buyurish uchun tegishli shaxsga berilgan hujjat. Shengen zonasi bir mamlakatda bo‘lgani kabi, tashrif buyurganlarning ushbu zonada erkin harakatlanishiga imkon bergan 26 davlatdan iborat. Shengen bitimini imzolagan 26 davlatdan 22 tasi YeI a’zosi, qolgan 4 tasi Yevropa erkin savdo assosatsiyasi (YeESA) tarkibiga kiradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан