Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






20 iyun kuni 19 holatda aholi orasida koronavirus qayd etildi
21.06.2020 17:12,  
225

Ayni paytda nafaqat poytaxtimiz yoki Toshkent viloyatida, balki olis Surxondaryo viloyatidan tortib, Xorazm vohasida ham aholi orasida koronavirusga chalinganlar aniqlanmoqda.

Profilaktika maqsadida namuna topshirgan fuqarolarda ham kasallik tasdiqlanayotgani esa koronavirusning odamlar orasida yuqish xavfini yana oshirmoqda.

20 iyun kuni yurtimizda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 207 nafar bemordan 19 nafari aholi orasida tasdiqlandi. 

Hududlar kesimida, Toshkent shahrida 13 nafar, Toshkent viloyatida 4 nafar, Surxondaryo va Xorazm viloyatida esa 1 nafardan infeksiya aniqlandi.

Jumladan, Toshkent shahridagi sanoat korxonasining 4 nafar xodimi va ularning 5 nafar oila a’zolarida, Uchtepa tumani yashovchi M.M.da ( oromgohga ketish maqsadida namuna topshirgan), Mirobod tumanida yashovchi N.Sh.da (profilaktika maqsadida namuna topshirgan), Shayxontohur tumanida yashovchi uy bekasi D.Z.da (tana harorati ko‘tarilib, xususiy shifoxonaga murojaat qilgan), Olmazor tumani Mudofaa ishlari bo‘limi xodimi E.Sh.da (harbiy chaqiriqqa kelgan bolalar bilan muloqotda bo‘lgan) kasallik qayd etilgan.

Shuningdek, Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi Sh.E.da (ishga kirish maqsadida namuna topshirgan), Mudofaa ishlari boshqarmasi Yuqorichirchiq tumani xodimi D.A.da (mehnat ta’tilidan ishga chiqqan va tana harorati ko‘tarilishi sababli namuna topshirgan), Yangiyo‘l tumanida yashovchi M.M.da  va Chirchiq shahrida yashovchi I.N.da (profilaktika maqsadida namuna topshirishgan), Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani yashovchi Sh.E.da (Toshkent shahrida yollanma ishchi bo‘lgan, tana harorati ko‘tarilib, o‘zi namuna topshirgan) hamda Xorazm viloyatida Toshkent viloyatidagi MChJga qarashli yuk avtomashinasi haydovchisi V.T.da (viloyatga kirish blok postida namuna olingan) ham koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan.
Ayni paytda ushbu holatlar yuzasidan epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан